Osiyo turnesini boşlaşidan bir neça soat oldin Finlandiya va Şvetsiya yetakçilarini qabul qilgan Bayden ularning NATOga kirişini qat’iy qöllab-quvvatlab, ikki davlatning alyansga kiriş qarorini tarixiy deb atadi.

«Finlandiya va Şvetsiya NATOning barça talablariga javob beradi. Ularning alyansga kirişi Yevropa xavfsizligi uçun buriliş nuqtasi böladi. Oçiğini aytaman, NATOga yangi a’zolarning qöşilişi heç bir davlatga xavf tuğdirmaydi, bu mudofaa alyansi», dedi Bayden.

Uzoq yillar neytral harbiy pozitsiyada bölgan Finlandiya hamda Şvetsiya fevral oyi oxirida Rossiya Ukrainaga bostirib kirgaç, öz xavfsizligini ta’minlaş maqsadida NATOga kiriş haqida öylay boşladi. Ayni damda ikki davlat ham alyansga kiriş uçun rasman ariza topşirgan. Hozirça Turkiya hamda Xorvatiya bu ikki davlatning NATOga kirişiga qarşi ekanini bildirgan. Turkiya bu borada öz şartlarini ham ma’lum qildi.

Finlandiya prezidenti Oq uydagi matbuot anjumanida mamlakatning Turkiya bilan heç qanday muammosi yöqligini aytdi: «Finlandiya doim Turkiya bilan yaxşi munosabatda bölgan va bundan faxrlanamiz. NATO doirasida ittifoqçiga aylansak, Turkiyaning xavfsizligini ham qöllab-quvvatlaymiz. Öz navbatida terrorizm mavzusiga jiddiy qaraymiz. Terrorizmning har qanday körinişini qoralab, unga qarşi kuraşamiz. Bizning a’zoligimiz Turkiyada qandaydir muammolar tuğdirsa, buni özaro muhokama qilişga tayyormiz», dedi Sauli Niiniste.

Oldinroq Turkiya prezidenti Rajab Erdöğan Finlandiya hamda Şvetsiya terrorizmni qöllab-quvvtlaşini iddao qilgandi. Erdöğanga köra, Şvetsiya Turkiyaga terrorçi guruh vakillarini topşirşni istamagan.

Oq uydagi uçraşuvda Jo Bayden Kongressga Finlandiya hamda Şvetsiyaning NATOga a’zoligini tezlaştiriş uçun kerakli hujjatlarni topşirişini aytdi. Keyinroq NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg ham alyans ikki davlatning a’zolik masalasini tezlaştirilgan tartibda körib çiqişini ma’lum qildi.