Prezidentning “Xorijda vaqtinça mehnat faoliyatini amalga oşirib Özbekistonga qaytib kelgan fuqarolarni iş bilan bandligini ta’minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
2022 yil 1 iyuldan 2023 yil 1 yanvargaça Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlarini işga qabul qilgan iş beruvçilarga (budjet taşkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamğarmasi (kapitali)da davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan yuridik şaxslar bundan mustasno) har bir xodim uçun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblaş miqdori 1,5 baravari miqdorida subsidiya beriladi.
Bunda, xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlarini işga qabul qilgan taşkilotga subsidiya berişda Yagona milliy mehnat tizimida röyxatdan ötkazilgan mehnat şartnomasi asos hisoblanadi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda zaxiraga qaytarilgan jami 20 ming gektar yer maydonlarini sabzavotçilik, poliz, dukkakli, moyli ekanlar, kartoşka yetiştiriş va boşqa loyihalarni amalga oşiriş uçun xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlariga 0,20 gektardan 1 gektargaça bölgan ölçamlarda Vazirlar Mahkamasi qarori asosida oçiq elektron tanlov orqali 30 yilga ijaraga berilişi ta’minlanadi.
Bunda, “Dehqon xöjaligini yuritiş uçun yer uçastkalarini ijaraga berişning ma’muriy reglamentidagi baholaş mezonida oxirgi 6 oy davomida xorijdan qaytgan mehnat migrantlari röyxatida bölgan talabgorlarni reyting ballarida inobatga olinadi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2022 yilda kamida 50 ming nafar xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlari haq tölanadigan jamoat işlariga jalb etilişini ta’minlaydi. Bunda qaytib kelgan mehnat migrantlari:
- işlab çiqariş va uy-joy qurilişi obektlarini, avtomobil yöllarini, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari va boşqa infratuzilma obektlarini quriş, rekonstruksiya qiliş va ta’mirlaş işlariga;
- sanoat va xizmatlar körsatiş sohasidagi korxonalarga, jumladan tadbirkorlik sub’yektlariga;
- qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş, ularni saqlaş va qayta işlaş, hosilni yiğib-terib oliş işlariga jalb etiladi.
Yuqoridagi maqsadlardagi işlarga respublika budjetidan Jamoat işlari jamğarmasining 2022 yildagi xarajatlari uçun qöşimça 480 milliard söm mablağ ajratiladi.












