DXX xabariga köra, Guliston şahrida yaşovçi, 1981 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan şaxs viloyat markazidagi noturar binolardan birini ijaraga olib, yaşirin ravişda elektr tarmoğiga ulangan holda mayning qurilmalaridan foydalanişi natijasida davlatga qariyb 532 mln söm miqdorida zarar yetkazgan. Tekşiruv davomida 19 dona mayning qurilmasi hamda boşqa buyumlar aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirilib olindi. 

Şunga öxşaş yana bir holatda Toşkent şahrida yaşovçi, 1990 yilda tuğilgan fuqaro Guliston şahrida joylaşgan va özining otasiga tegişli bölgan MÇJ binosida mayning qurilmalarini örnatgan holda joriy yilning fevral oyidan buyon 40 ming AQŞ dollariga teng kriptovaluta işlab çiqargani ma’lum böldi. 

Tekşiruv davomida u mayning sohasida faoliyat amalga oşirganda foydalaniladigan elektr energiyasi uçun tölovlarni tegişli tarif guruhiga asosan belgilangan tarifga nisbatan 3 barobar ösuvçi koeffitsiyentga muvofiq tölamasdan, davlatga 134 mln sömdan ortiq zarar yetkazgani aniqlandi hamda 148 dona mayning qurilmasi protsessual tartibda rasmiylaştirilib olindi. 

Har ikki qonunbuzar harakatiga nisbatan huquqiy baho beriladi, deyiladi DXX xabarida.