Adliya vazirligi tomonidan Besqala Mining Valley maxsus mayning zonasi rezidentlarini röyxatdan ötkaziş va ularning faoliyatini amalga oşiriş tartibi töğrisidagi nizom davlat röyxatidan ötkazildi (3893-son, 2026 yil 8 iyul).
Nizomga köra, maxsus mayning zonasining hududi Qoraqalpoğiston Respublikasining butun hududini qamrab oladi.
Maxsus zona rezidenti maqomini faqat Qoraqalpoğiston Respublikasida davlat röyxatidan ötgan va faoliyat yuritayotgan yuridik şaxslar olişi mumkin.
Rezident sifatida röyxatdan ötiş uçun arizalarni körib çiqişda davlat boji yoki boşqa yiğim undirilmaydi. Arizani qanoatlantiriş yoki rad etiş töğrisidagi qaror hujjatlar taqdim etilgan kundan boşlab 30 kun içida qabul qilinadi.
Şuningdek, maxsus mayning zonasi hududida kriptoaktivlar mayningi bilan şuğullaniş uçun yagona elektr energetikasi tizimidan olinadigan elektr energiyasidan foydalanişga ruxsat berilgan.
Biroq mazkur faoliyat uçun iste’mol qilingan elektr energiyasi haqi amaldagi tarifga nisbatan ikki baravar oşiruvçi koeffitsiyent qöllangan holda hisoblanadi.
Mazkur tartib maxsus mayning zonasi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga soliş, sohaga investitsiyalarni jalb qiliş va kriptoaktivlar mayningi sohasini aniq qoidalar asosida rivojlantirişga qaratilgan.













