Futbol böyiça Özbekiston kubogi nimçorak finalidan örin olgan ikkita bahs yakuniga yetdi.

Olmaliqda bölib ötgan “Surxon” – “Guliston” jamoalari uçraşuvi Asilbek Umirzaqovning 52-daqiqada urgan goli evaziga 0:1 hisobida tugadi.

Uşbu ğalaba bilan “Guliston” Özbekiston kubogi çorak finaliga çiqqan ilk Birinçi liga jamoasiga aylandi.

Kunning ikkinçi uçraşuvi Farğonada bölib ötdi. “Istiqlol” stadionida “Paxtakor”ni qabul qilgan “Neftçi” 1:0 hisobida ğalaba qozondi. Mezbonlarning yagona goliga 81-daqiqada Stipe Peritsa mualliflik qildi. 

30-avgust kuni yana ikkita bahs ötkaziladi. “Söğdiyona” “QMU Jayhun” bilan, “Navbahor” “Nasaf” bilan çorak final yöllanmasi uçun kuraş olib boradi.