«Katta yettilik» (G7) mamlakatlari Rossiya neftining jahon bozorlarida potensial narx çegarasini aniqlaş uçun Rossiya nefti xaridorlari kartelini yaratiş zarur deb hisoblamoqda. Bu haqda 19 may, payşanba kuni AQŞ moliya vaziri Janet Yyellenga tayanib, The Wall Street Journal naşri xabar berdi.

AQŞ Moliya vazirligi rahbarining fikriça, Rossiya neftiga potensial narx çegarasi xaridorlar karteli tomonidan belgilanişi mumkin. «Bu muhim kartelni talab qiladi, ehtimol, faqatgina Yevropa ittifoqi bunda yetarli bölmaydi», dedi u. 

Xitoy yoki Hindiston kabi davlatlar Rossiya neftini qanday sotib olişini aniqlaş mexanizmini yaratiş AQŞ va uning ittifoqçilarining Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlariga javoban Rossiya iqtisodiyotini zaiflaştirişga qaratilgan sa’y-harakatlarida yangi qadam böladi. 

Yyellenning sözlariga köra, ğarb davlatlari jahon iqtisodiyotiga ortiqça oğirlik solmasdan, Rossiyaning energiya taşuvçilardan daromadlarini kamaytiriş yölini izlamoqda. «Maqsad - haddan taşqari salbiy ta’sirning oldini oliş uçun jahon narxlarini uşlab turişda bozorga Rossiya neftining oz hajmdagi oqimini kiritiş», dedi AQŞ moliya vaziri. 

Şu bilan birga, uning sözlariga köra, bunday loyihalarni muhokama qiliş hali juda erta bosqiçda turibdi. «Menimça, köpçilik, jumladan, özim ham buni umumiy iqtisodiy nuqtai nazardan jozibador deb hisoblayman. Aslida bunday mexanizmni işga tuşiriş juda qiyin va bu masalalarning barçasi hali işlab çiqilmagan», - dedi Yyellen. 

Bloomberg ma’lumotlariga köra, yil boşidan beri Rossiyaning neft daromadlari 50 foizga oşgan. 

The Wall Street Journal ta’kidlaşiça, Germaniyada bölib ötgan G7 moliya vazirlari uçraşuvida Rossiya nefti narxiga ehtimoliy çeklovni qöllaş usuli sifatida ikkilamçi sanksiyalarni kiritiş imkoniyati ham muhokama qilingan. 

«Sanksiyalar, ikkilamçi sanksiyalardan foydalaniş ğoyasi paydo böldi. Narxlarni çeklaş örniga tariflar ğoyasi muqobil yondaşuv bölişi mumkin», dedi AQŞ moliya vaziri.