BMTning inson huquqlari böyiça oliy komissari Mişel Baçelet taşrif bilan Xitoyga keldi.
XXR taşqi işlar vazirligi vakili Van Venbinning sözlariga köra, Baçelet 28 maygaça davom etadigan taşrifi doirasida Xitoydagi tegişli davlat tuzilmalari rahbarlari va vakillari bilan uçraşadi.
Bundan taşqari, u Guandun provinsiyasi va Şinjon-Uyğur avtonom rayoniga boradi.
Taşrifdan maqsad, tomonlar hamkorligi asosida butun dunyoda inson huquqlarini ilgari surişda ijobiy rol öynaş, dedi Venbin.
Vanning bildirişiça, koronavirusga qarşi çoralar tufayli jurnalistlarga delegatsiya bilan birga yuriş va Baçeletning muloqotlarini kuzatişga ruxsat berilmaydi.
Baçeletning taşrifi Guandun provinsiyasi ma’muriy markazi bölgan Guançjou şahridan boşlanadi.












