Dunyo global inqiroz yoqasida emas. Bunday fikrni 23 may, duşanba kuni Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida Xalqaro valuta jamğarmasi (XVJ) rahbari Kristalina Georgiyeva bildirdi. XVJ kutayotgan global iqtisodiy ösiş darajasi 3,6 foizni taşkil etişi «retsessiyadan uzoq», dedi u.

Şu bilan birga, Georgiyeva dastlab iqtisodiyoti zaifroq bölgan ba’zi davlatlarda retsessiya boşlanişi mumkinligini aytdi. Bu koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan inqirozdan hali çiqmagan mamlakatlarga, şuningdek, Rossiyadan energiya va oziq-ovqat importiga qattiq boğliq bölgan mamlakatlarga tegişli, deya aniqlik kiritdi ekspert. XVJ rahbarining prognozlariga köra, 2022 yil bir qator inqirozlar tufayli qiyin böladi.

Avvalroq Georgiyeva tvitterida Ukrainadagi uruş va COVID-19 pandemiyasi keng kölamli iqtisodiy oqibatlarga olib kelişini, jumladan, iqtisodiy ösişning pasayişi va inflatsiyaning oşişini ta’kidlagan edi. Şu bilan birga, iqlim inqirozi kabi uzoq muddatli muammolarni ham unutmaslik kerak, deya ogohlantirdi XVJ rahbari.

Aprel oyida XVJ prognozini e’lon qildi, unga köra, Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari fonida 2022 yilda global iqtisodiy ösiş 3,6 foiz bölişi kerak. Taqqoslaş uçun: yanvar oyida taşkilot ekspertlari 4,4 foizga ösişni başorat qilgan edi.