Yevropa ittifoqining Rossiya neftini sotib olişdan töliq va zudlik bilan voz keçişi Moskvaga foyda keltirişi mumkin, dedi Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen 23 may, duşanba kuni Amerikaning MSNBC telekanaliga bergan intervyusida. Bu holatda Rossiya Yevropada sota olmagan neft hajmini jahon bozoriga olib çiqib, u yerda narxlar kötarilişidan katta pul olişi mumkin böladi, deya ogohlantirdi siyosatçi.
Rossiyadan neft yetkazib berişga embargo qöyiş masalasida Yevropa strategik öylab körişi va Yevropa iqtisodiyotiga zarar yetkazmaslik uçun muvozanatni saqlaşi kerak, dedi fon der Lyayyen. Şu bilan birga, u iqtisodiy sanksiyalar Bryusselning «Putin agressiyasiga qarşi eng kuçli dastagi» ekanligini ta’kidladi.
Yevrokomissiya raisining sözlariga köra, kelajakda Yevropa Rossiyaning qazib olinadigan energiya taşuvçilaridan butunlay voz keçadi va «heç qaçon ularga qaytmaydi».
Yevropa iqtisodiyoti nuqtayi nazaridan Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakati eng jiddiy oqibatlaridan biri Yevropa ittifoqini qayta tiklanadigan, toza energiya manbalariga ötişni tezlaştirişga «turtki bergani» böldi. Ursula fon der Lyayyen sözlariga köra, Yevropaning Rossiya energiya ta’minotiga qaramligini yanada kamaytiradigan boşqa omillar orasida AQŞdan suyultirilgan gaz sotib oliş böyiça şartnomalar, şuningdek energiyani tejaş bor.
Şu kuni, 23 mayda Germaniya iqtisodiyot vaziri Robert Habek ZDF jamoat va yuridik telekanali efirida Yevropa ittifoqi yaqin kunlar içida Rossiyadan neft sotib olişga embargo qöyiş böyiça murosaga kelişi mumkinligini ma’lum qildi.













