Texas ştatining Yuvalde şahridagi boşlanğiç maktabda sodir bölgan otişmada 21 kişi — 18 nafar bola va uç nafar yoşi katta odam halok böldi, deya xabar berdi ştat senatori Roland Guterres mahalliy politsiyaga tayanib CNN telekanaliga.
Hodisa 24 may kuni sodir bölgan. Voqea yuz bergan maktabda 7 yoşdan 10 yoşgaça bölgan bolalar öqiydi.
Texas gubernatori Greg Ebbottning aytişiça, otişma sodir etgan şaxs 18 yoşli Salvador Ramos bölib, u voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari tomonidan öldirilgan. Politsiya xodimlaridan ikki nafari otişma vaqtida yengil jarohat olgan.
Ebbottning sözlariga köra, qotil maşinasini maktab binosi oldida qoldirib, töpponça va ba’zi ma’lumotlarga köra, miltiq bilan maktabga kirgan. Ramos maktabga borişdan oldin buvisini otib taşlagan, u şifoxonalardan biriga joylaştirilgan.
AQŞ prezidenti Jo Bayden halok bölganlar xotirasiga bayroqlarni tuşirib qöyiş haqida topşiriq berdi, deya xabar qildi Oq uy.
Ma’lumot uçun, 1966 yili Texas universitetida sodir bölgan otişma oqibatida 16 kişi halok bölgan edi.












