Ayblanuvçilarning advokatlari sakkiz yillik qamoq jazosi berilişini söragan. Sudlanuvçilarning ikkisi ham sudda öz aybiga iqror bölgan. Sud hukmi 31 may kuni e’lon qilinişi belgilangan.

Tergov ma’lumotiga köra, Bobikin va Ivanov «Grad» qurilmasi haydovçisi va navodkaçisi (nişonga oluvçi) bölgan hamda uruşning ilk kunlarida Xarkov oblastidagi janglarda iştirok etişgan.

Ular Xarkov oblastidagi Kazaçya Lopan va Veterinarnoye posyolkalarida fuqarolik obektlariga qurol qöllaşda ayblanmoqda.

Prokuraturaning ma’lum qilişiça, Bobikin va Ivanovga buyruq bergan komandirlarining şaxsini aniqlaş işlari olib borilmoqda.

«Qöşimça qiladigan gap yöq»

Sudlanuvçilar aybiga töla iqror bölişgan.

«Men özim ayblanayotgan jinoyatlar böyiça aybimni töliq tan olaman. Barçasi haqiqatan ham şunday bölgan. Biz Rossiya va Ukraina hududida turib öt oçganmiz. Puşaymonligimdan özga qöşimça yöq. Men töla aybdorman, şunçaki hukmdan şikoyat qila olmayman», degan sudda Bobikin.

«Men tavba qilaman va yengilroq jazo berilişini sörayman», degan Ivanov.

Bobikinning advokati suddan öz himoyasi ostidagi sudlanuvçi öz aybiga iqror bölib, tavba qilgani uçun unga jazoni 8 yilga qisqartirişni söragan.

Ivanovning himoyaçisi ham sakkiz yil söragan. U öz himoyasi ostidagi şaxs şunçaki ijroçi bölgani va zarba beriş töğrisida qarorni u qabul qilmagani, «yomon hayotdan qutuliş» uçun Rossiya armiyasi safiga kirganini aytib ötgan.

«Mening mijozim çin dildan puşaymon. U yaxşi bölmagan hayotdan qutuliş uçun RF armiyasi bilan şartnoma imzolagan. U oddiy askar bölgan, qaror qabul qilmagan, nişonni tanlamagan, şunçaki buyruqni bajargan. Bu oldindan til biriktirgan şaxslarning jinoyati edi. Mening himoyamdagi şaxs - şunçaki ijroçi. Agar sakkiz yillik qamoq jazosi tayinlansa, hukm asosli böladi, deb hisoblayman», degan advokat Kovalçuk.

Ukrainada bu kabi jinoyatlar uçun 8 yildan 12 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş jazosi közda tutilgan, muddat vaziyat, oğirlik darajasi va jinoyatçining şaxsiga qarab turliça bölişi mumkin.

Oldinda - yangi işlar

23 may kuni Kiyevdagi sud Rossiya armiyasi serjanti Vadim Şişimarinni qurolsiz tinç aholi vakilini öldirişda aybdor deb topib, umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.

Şişimarin öz aybini tan olgan, ammo himoya sud hukmiga apellyatsiya bermoqçi. Uning ustidan sud Ukrainada rossiyalik harbiylar tomonidan sodir etilgan harbiy jinoyatlar böyiça ilk sud jarayoni böldi.

Ukraina prokuraturasiga köra, yana minglab şu kabi da’volar körib çiqiş uçun tayyorlanmoqda.