Snilov natijalari TWAS aʼzolarining ovoz berişi asosida aniqlangan. Şahlo Turdiqulova akademiyaning olti nafar vitse-prezidentidan biri sifatida 2027-yil 1-yanvardan vazifasini bajarişga kirişadi. U 2025-yildan buyon taşkilot aʼzosi hisoblanadi.

TWASʼning yangi kengaşiga Xitoy Fanlar akademiyasi prezidenti Xou Szyango rahbarlik qiladi. Turdiqulova kengaş tarkibida akademiyaning strategik yönalişlarini belgilaş, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantiriş va tadqiqotçilarni qöllab-quvvatlaşda iştirok etadi.

Butunjahon fanlar akademiyasi 112 mamlakatning yetakçi tadqiqotçilarini, jumladan, Nobel mukofoti laureatlarini birlaştiradi. Taşkilot 1983-yilda fizika böyiça Nobel mukofoti sohibi Abdus Salam taşabbusi bilan tuzilgan.

YuNESKOning dasturiy bölinmasi hisoblangan akademiyaning boş qarorgohi Italiyaning Triest şahrida joylaşgan. U rivojlanayotgan mamlakatlarda ilm-fan taraqqiyotini qöllab-quvvatlaydi, tadqiqotlarga grantlar ajratadi, ilmiy kadrlar tayyorlaş va tadqiqot markazlari örtasidagi almaşinuvlarga kömaklaşadi.

Biologiya fanlari doktori Şahlo Turdiqulova biotexnologiya, biokimyo va inson genetikasi sohalarida faoliyat yuritadi. U Ilğor texnologiyalar markazi direktori ham hisoblanadi.

Olima doktorlik dissertatsiyasini tayyorlaş davomida Los-Anjelesdagi Kaliforniya universitetining membrana biologiyasi laboratoriyasida tadqiqotlar olib borgan. 2025-yilda Oksford universitetining taşkiliy yetakçilik böyiça diplomini olgan.

Uning ilmiy işlari Markaziy Osiyo aholisi genetikasini örganiş va Özbekistonda biotexnologiyalarni rivojlantiriş bilan boğliq. Turdiqulova rahbarligida COVID-19ʼni aniqlaş uçun ilk mahalliy PZR-test tizimi hamda Özbekiston–Xitoy hamkorligidagi ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi işlab çiqilgan.

Uning TWAS rahbariyatiga saylanişi mintaqa ilmiy taşabbuslarini xalqaro darajada ilgari suriş va yoş olimlarning akademiya dasturlaridagi iştirokini kengaytiriş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratişi kutilmoqda.