Ukraina sobiq prezidenti Petro Poroşenko mamlakatdan çiqişga muvaffaq böldi. Bu haqda uning "Yevropeyskaya solidarnost" partiyasi deputati Viktoriya Syumar xabar berdi.

"Petro Poroşenko Yevropa xalq partiyasi sammitiga jönab ketdi", - deb yozdi u Facebook sahifasida.

28 may kuni Poroşenko ikki marta Polşa çegarasi orqali mamlakatdan çiqib ketişga uringandi.

Ukraina naşrlarining yozişiça, Petro Poroşenko pasport nazoratidan ötayotganida unga berilgan safar guvohnomasidagi QR-kodni öqiş va hujjatning haqiqiyligini aniqlaşning imkoni bölmagan. Şu bois unga çegarani kesib ötişga ruxsat berilmagan. 

Sobiq prezident davlatga xiyonat va terrorizmga aloqadorlikda gumon qilingan.