Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati Ğuzor tumanida joylaşgan xonadonlardan birida muntazam ravişda eşak söyilayotgani va mas’ullar bu holatga köz yumib kelayotgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan tuman hokimligi axborot xizmati munosabat bildirdi.

Munosabatda yozilişiça, Ğuzor tumani hokimi, sektor rahbarlari, mutasaddi taşkilot rahbarlari Eşonquduq mahallasi Abduhamid qişloğida eşak söyiş bilan şuğullangan N.R.ning xonadonda bölişgan.

Foto: Ğuzor tumani hokimligi axborot xizmati

Mas’ullar N.R.ning qöşnilari bilan birma-bir suhbatlaşganda ular ayolning yaşaş xonadonida eşak söyilayotgani va u yerdan çiqayotgan badböy hiddan norozi ekanliklarini bildirişgan.

Foto: Ğuzor tumani hokimligi axborot xizmati

Şundan söng vaziyat mutasaddi idora va taşkilotlar rahbarlari iştirokida muhokama qilingan. Holat yuzasidan hududga mas’ul bölgan içki işlar bölimi xodimlari, mahalla fuqarolar yiğini raisi va xotin-qizlar faoliga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlangan.

«Ötkazilgan xizmat tekşiruvlari natijasiga köra, mazkur holat sodir etilişiga yöl qöygan mutasaddilarga nisbatan tegişli çoralar köriladi», deyiladi munosabatda.