Ukraina boş prokurori Irina Venediktova Rossiya harbiy harakatlari boşidan beri rossiyalik harbiylar tomonidan tinç aholini zörlaş böyiça birinçi iş sudga topşirilganini ma’lum qildi. «Rossiya Federatsiyasining 90-Vitebsk-Novgorod gvardiya tank diviziyasining 239-polki harbiy xizmatçisi Mixail Romanov fuqaroni öldirganlik va uning xotiniga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etganlikda ayblanib sudlanadi», — deb yozdi u Facebook’da duşanba, 30 may kuni.
Kiyev oblasti prokuraturasi va Ukraina Xavfsizlik xizmati Romanov mart oyida Rossiya kuçlari tomonidan Kiyev oblastining Brovarskiy tumani bosib olinişi çoğida qişloqlardan biridagi uyga bostirib kirib, uy egasini otib öldirgani va uning xotinini boşqa harbiylar bilan birga bir neça marotaba zörlaganini aniqladi, dedi Venediktova. «Ular ayolni qurol va hatto öşa paytda yonida bölgan bolasiga ham zöravonlik qiliş bilan qörqitgan», dedi u. Boş prokurorning sözlariga köra, ayblanuvçi hozirça qölga olinmagan.
Bayonotda rossiyalik harbiyning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi haqida qöşimça ma’lumotlarga ega bölganlar foydalanişi taklif etilayotgan aloqa ma’lumotlari ham mavjud. «Zörlaşdan uruş quroli sifatida foydalanişga qarşi kuraş jarayonining eng muhim tarkibiy qismi - bu jabrlanganlarning huquqni muhofaza qiliş organlari bilan hamkorligi. Jabrlanganlar tayyor bölganda va özlarini xavfsiz his qilişganda, ular doimo yordam va himoya sörab bizga murojaat qilişlari mumkin» - dedi Venediktova.
Fevral va mart oylarining oxirida Kiyev oblastining ayrim hududlari Rossiya qöşinlari nazorati ostida edi. Ular çekinganlaridan söng, bu hududlarda ommaviy qotillik va boşqa harbiy jinoyatlar haqida dalillar topildi. Rasmiylarga köra, öldirilgan 1300 ga yaqin tinç aholining jasadi aniqlangan.













