Prezident farmoni bilan, 22 xil toifadagi oziq-ovqat mahsulotlarini yil oxirigaça Özbekistonga olib kirişda import boji undirilmasligi belgilandi. Baliq va sut mahsulotlari, banan va sitrus mevalar, ösimlik yoği va sariyoğ, tuxum va kofe şular jumlasidan.

Moliya vazirligi izohiga köra, bugungi kunda Özbekistonning asosiy import hajmi MDH mamlakatlariga töğri keladi va bu davlatlardan tovarlarni olib kirişda bojxona bojlari qöllanilmaydi.

Biroq jahonda yuzaga kelgan vaziyat tufayli asosiy savdo hamkorlar va boşqa mamlakatlar ayrim oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga taqiq qöymoqda.

Şu sababli Özbekistonga oziq-ovqat tovarlarini boşqa davlatlardan olib kelişga töğri kelyapti. Ayrim oziq-ovqatlarga bojlarning bekor qilinişi şu bilan boğliq. Qolaversa, import oziq-ovqatlarning narxi oşişining oldini oliş ham maqsad qilingan.

2022 yil 1 maydan boşlab 2023 yil 1 yanvarga qadar Özbekistonga olib kirişda bojxona bojining nol stavkasi quyidagi tovarlarga nisbatan qöllanadi:

Qöşimça qiliş lozim, prezidentning 2021 yil 30 dekabrdagi qaroriga asosan, 2022 yil oxirigaça quyidagi tovarlarni olib kirişda ham bojxona boji bekor qilingan:

Bundan taşqari, 2023 yil 1 yanvarga qadar savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng köp qulaylik beriş rejimini nazarda tutmaydigan mamlakatlardan import qilişda bojxona bojlarining ikki baravar stavkasi qöllaş tartibini töxtatib turiş belgilandi.

Ma’lumot uçun, Bojxona kodeksining 300-moddasiga asosan, savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng köp qulaylik beriş rejimi nazarda tutilmagan mamlakatlarda işlab çiqarilgan tovarlarga nisbatan bojxona bojlarining stavkalari 2 baravar oşirilişi belgilangan. Hozirda Özbekiston 47 ta davlat bilan eng köp qulaylik rejimini yaratgan holda savdo-iqtisodiy hamkorlik qiliş böyiça bitim imzolagan.

Endilikda bu davlatlardan import qilinadigan tovarlarga amaldagi boj tarif stavkalarining bir baravari miqdorida stavka qöllaniladi.

Uşbu çora tovarlarning importi qaysi davlatdan amalga oşirilişidan qat’i nazar, yuqoridagi röyxatdagi tovarlarga tatbiq qilinmaydi. Sababi, ular böyiça bojxona boji nol stavkalari belgilandi hamda nol stavka tovarni istalgan mamlakatdan import qilişda qöllaniladi.

2023 yil 1 yanvarga qadar quyidagilar ham vaqtinça töxtatiladi:

  • davlat buyurtmaçilari tomonidan davlat xaridlarida import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari sotib olinişi böyiça çeklovlar (hukumatning 29.01.2021 yildagi 41-son qarori);
  • Özbekistonning import geografiyasi özgarayotgani hamda ayrim davlatlardan import ilk marta amalga oşirilişi sababli respublikaga olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini davlat tilida majburiy markirovka qiliş tartibi.

Bu çoralar kiçik hajmlarda importni amalga oşiruvçilar uçun yangi savdo hamkorlari bilan mahsulotlarni yetkazib berişni yölga qöyiş uçun qöşimça şaroitlar yaratadi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligiga nooziq-ovqat mahsulotlariga bojxona bojlari stavkalarini ham pasaytiriş topşirildi.