4 iyun kuni Rossiya va Ukraina ilk bor jasadlar almaşinuvini amalga oşirdi — buni ikki tomon ham tasdiqladi. Donetsk oblastida berilgan zarbalar oqibatida yirik ibodatxona yonib ketdi. RF mudofaa vazirligi «ukrain natsionalistlari»ni unga öt qöyişda aybladi, Volodimir Zelenskiy bu hudud rossiyalik harbiylar tomonidan öqqa tutilgani, ular bu yerda «300 nafar atrofida tinç aholi vakillari, jumladan 60 nafar bola» bölganini bilgan holda zarba berişganini aytdi. Severodonetsk uçun oğir janglar davom etmoqda, şahar ma’muriyati xabar qilişiça, rossiyaliklarning ilgarilaşi töxtatilgan, şahar hamon «ukrainlar qölida» qolmoqda.
Quyida uruşning sönggi kunlarida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Donbass şimoli
Ukrainaga Norvegiya tomonidan xalqaro texnik yordam doirasida taqdim etilgan M109A3 gaubitsasi.
Ukraina qurolli kuçlari matbuot xizmati / AFP / Scanpix / LETADonetsk oblastidagi Soledar şahridagi korxona ustida artilleriya zarbasidan hosil bölgan tutun. Rossiya harbiylari şahar tomon yuriş qilmoqda. Foto: Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETASoledar — Donetsk oblastining Baxmut rayonidagi şahar. Bu şahar orqali Severodonetskda rossiyaliklarga qarşi jang qilayotgan ukrainlar guruhi ta’minotida foydalaniladigan yöl ötgan. Soledarning özi ham doimiy ravişda öqqa tutilmoqda.
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETASlavyansk aholisini evakuatsiya qiliş. Ukraina hukumati xabarlariga köra, şahar Rossiya tomonidan öqqa tutilmoqda.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETASlavyansklik ayol bolasi bilan evakuatsiya avtobusida.
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETASlavyansk aholisi vakillari evakuatsiyaga tayyorlanmoqda. Foto: Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETAUkrainalik harbiy xizmatçilar Donetskdan 22 kilometr masofadagi Krasnogorovka şahridagi front çiziğida.
Anna Kudriavseva / Reuters / Scanpix / LETADonetsk oblastidagi Marinka şahri rossiyalik harbiylar tomonidan öqqa tutilişi çoğida portlayotgan yonuvçan öq-dorilar.
Anna Kudriavseva / Reuters / Scanpix / LETADonetskning Kuybişev rayonida yonib ketgan tez yordam maşinasi. «DXR» rasmiylari hudud ukrain harbiylari tomonidan öqqa tutilganini aytmoqda. Foto: Vladimir Gerdo / TASSDonetskdagi turar joy binosi. «DXR» rasmiylari bayonotiga köra, Ukraina armiyasi Donetsk markaziga zarba berişi oqibatida ikki maktab va usti yopilgan bozor jabrlangan. Foto: Valentin Sprinçak / TASSDonetsk öqqa tutilişi vaqtida yaralangan erkakka yordam körsatayotgan tibbiy xodim
Vladimir Gerdo / TASSDonetsk oblasti Konstantinovka şaharçasida «Toçka-U» operativ-taktik raketasining dum qismi. Şahar Ukraina nazoratida.
Celestino Arce Lavin / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETADonetskning Ukraina tomonidan artilleriya zarbalari berilgan hududida ketayotgan ayol
Alexei Alexandrov / AP / Scanpix / LETALugansk oblasti Rubejnoye şahri köçasida ketayotgan tinç aholi vakili. Şahar bir oy davom etgan janglardan keyin aprel oyi oxirida rossiyalik harbiylar tomonidan bosib olingandi. Foto: Aleksandr Reka / TASSDonetsk oblastidagi yölda barrikada. Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETARubejnoye şahri aholisi suv uçun navbatda. Şahar aprel oyi oxirida rossiyalik harbiylar tomonidan töliq egallangan
Aleksandr Reka / TASS
Kiyev
Kiyev yaqinidagi Andreyevkada devorga surat çizayotgan qizaloq
Sergei Chuzavkov / AFP / Scanpix / LETAKiyevdan ğarbdagi Moşçun köçasida ketayotgan tinç aholi vakili. Mart oyida posyolka front çiziğida joylaşgandi.
Sergei Chuzavkov / AFP / Scanpix / LETA
Çernigov
Çernobil AES hududidagi örmonda qazilgan okoplar va rossiyalik harbiylar lageri. Mart oyi oxirida rossiyalik harbiylar AES hududini tark etişgan, ammo ular oğir texnikalarda hudud böylab köçib yurgani va okoplar qazişgani tufayli, rayonda radiatsiya darajasi kötarilgan. MAGATE vakillariga köra, hozirda radiatsiya darajasi normaga qaytgan. Foto: Raul Moreno / SOPA Images / LightRocket / Getty ImagesÇernobildagi «Ekosentr» korxonasida rossiyalik harbiylar tomonidan devorlarda qoldirilgan yozuvlar. RF qöşini Kiyev oblastining bu hududiga uruşning ilk kunlaridayoq kirişgan va mart oyi oxiriga qadar şu yerda qolişgandi.
Raul Moreno / SOPA Images / LightRocket / Getty ImagesÇernobildagi binolardan birining devoriga çizilgan Z harfi
Raul Moreno / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Mariupol
Rossiyalik sapyor Mariupolda iti bilan minalarni izlamoqda. Foto: Vladimir Gerdo / TASSMariupolni minalardan tozalaş jarayoni. Vladimir Gerdo / TASSMariupoldagi bekatda ötirgan ayol. Şahar Rossiya nazoratida qolmoqda. Mariupol meri maslahatçisi Petro Andryuşçenkoning ma’lumotiga köra, rossiyaliklar ostida tinç aholi jasadlari qolib ketgan köp qavatli uylarni «snos» qilmoqda. Foto: AFP / Scanpix / LETA
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi