Afğonistonning Balx viloyati Qaldar tumanida Özbekiston tomonidan 30 aprel kuni Ramazon hayiti munosabati bilan yetkazilgan insonparvarlik yordamini topşiriş marosimi bölib ötdi.

Özbekiston TIV  xabariga köra, 2 iyun kuni bölib ötgan tadbirda iştirokçilar Özbekiston rahbariyatiga çuqur minnatdorlik bildirib, insonparvarlik yordami öz vaqtida körsatilayotganini alohida ta’kidladi.

Tuman rahbari M.Vali Özbekistonning insonparvarlik yordami Afğonistonning şimoliy hududlari, xususan, Balx viloyati aholisi farovonligini ta’minlaşda muhim ahamiyat kasb etayotganini qayd etdi.

Un, ösimlik yoği, buğdoy, guruç, makaron, konserva, kiyim-keçak va boşqa mahsulotlardan iborat oziq-ovqat töplamlari, kiyim-keçak bir oy avval kuçli suv toşqini va sel sodir bölgan Qunduz, Samangan, Tahor va Juzjon viloyatlariga ham yuboriladi.