BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturi (WFP) mablağ yetişmasligi sababli Ğazo sektorida insonparvarlik oziq-ovqat yordamini qisqartirmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi. Uşbu qadam oqibatida 500 mingga yaqin kişi oylik oziq-ovqat kömagisiz qoladi.
Taşkilotning maʼlum qilişiça, Ğazo sektorida oylik yordam oluvçilar soni 1,6 million kişidan 1,1 milliongaça kamaymoqda. WFP maʼlumotlariga köra, 1,4 millionga yaqin odam - Ğazo sektori aholisining uçdan ikki qismi - ötkir oziq-ovqat tanqisligiga duç kelmoqda.
Avstraliya teleradioeşittiriş korporatsiyasi (ABC) qayd etişiça, ilgari ikkita oziq-ovqat töplamini olgan oila endi bitta oladi, un qopining vazni kamayadi, oziq-ovqat töplami soni esa 40 foizga qisqaradi. Bundan taşqari, boriş qiyin bölgan hududlar, jumladan, «sariq çiziq» yaqinida (Isroil harbiylari nazorati ostidagi hududlar bilan çegarada) yaşovçi aholiga issiq tuşlik har kuni emas, kunora tarqatiladi.
Taşkilotdagilarning taʼkidlaşiça, hozir uşbu hududda, şuningdek, Iordan daryosining Ğarbiy sohilida gumanitar amaliyotlarni davom ettiriş uçun yaqin olti oyga 450 million dollar yetişmayapti. WFP direktori vazifasini bajaruvçi Karl Skauning sözlariga köra, qisqartirişga oziq-ovqat olib kiriş böyiça qandaydir çeklovlar emas, balki aynan pul tanqisligi sabab bölgan. Uning qayd etişiça, dasturning anʼanaviy donorlari - AQŞ va Yevropa davlatlari - moliyalaştirişni keskin qisqartirgan, Ğazo, Sudan va Yamandagi bir vaqtda keçayotgan inqirozlar fonida esa WFP ehtiyojlari, aksinça, ortgan.
U şunday dedi: «Hozir biz butun dunyoga murojaat qilmoqdamiz: ayni damda yuz ögirib ketiş mumkin emas. Ayni paytda insonparvarlik yordamini saqlab qoliş, erişilgan natijalarni himoya qiliş hamda hududning tezroq tiklanişiga kömaklaşiş uçun saʼy-harakatlarni kuçaytiriş zarur».








