Uruşning 102-kuni ötdi. Bu kunda Kiyev böylab aprel oyi oxiridan buyon ilk bor raketa zarbalari berildi (bir kişi şifoxonaga yotqizilgan). RF mudofaa vazirligi Kiyevga zarba berişdan maqsad Ukrainaga yetkazib berilayotgan texnikalar, jumladan T-72 tanklari saqlanayotgan vagon ta’mirlaş zavodi bölganini ma’lum qildi. Ukraina tomoni zavod hududida harbiy texnikalar bölmaganini aytdi. Vladimir Putin agar Kiyev uzoq masofaga harakatlanuvçi raketalar olsa, Rossiya şu vaqtga qadar hujum qilinmagan obektlarga zarba berilişi bilan tahdid qildi. Volodimir Zelenskiy Ukraina armiyasining Donbass va Zaporojyedagi pozitsiyalariga taşrif buyurdi.

Ukrainalik muxlislar milliy jamoaning JÇ-2022 mundiali yöllanmasi uçun Uelsga qarşi hal qiluvçi öyinini kuzatmoqda. Bu öyinda ukrainlar bir gol ötkazib yuborib mağlub bölişdi. Foto: AP Photo/Natacha Pisarenko

Uruşning 103-kuni. Sönggi soatlardagi asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina Boş ştabi rossiyaliklar sönggi kunda Limandan ğarb va janubga, Slavyansk yönalişida yuriş qilgani, şuningdek Baxmut va Severodonetsk hududida janglarni davom ettirganini ma’lum qilgan. Şu bilan birga Donbass frontining janubiy uçastkasida faol harbiy harakatlar töxtab qolgan.
  • Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy duşanbaga ötar keçasi qilgan videomurojaatida şarqiy frontga borgani, Lisiçansk va Soledarda bölganini aytdi. Lisiçansk — ayni vaqtda bir qismi rossiyalik harbiylar tomonidan egallab olingan Severodonetsk şahriga yondoş joylaşgan. Soledar — rossiyalik harbiylar tahdid solib turgan Baxmutdan şimolda, Severodonetsk va Lisiçanskni Ukrainaning asosiy hududi bilan boğlovçi trassa böyida joylaşgan.
  • Şarqiy frontda işlayotgan ukrain jurnalisti Yuriy Butusov Ukraina rasmiylarining Severodonetskning yarmi ukrain harbiylari nazoratiga qaytgani haqidagi bayonotlari töğri emasligini aytdi. Butusovning ma’lumotiga köra, hozirda ukrain qismlari Severodonetsk ğarbidagi sanoat zonasida va unga yondoş kvartallarda himoyalanmoqda. Şu bilan birga, qayd etiş kerakki, sanoat zonasi şaharning yarmidan kamroq qismini egallaydi.
  • Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles London Ukrainaga M270 baravar öt oçiş reaktiv tizimlari yuborişini ma’lum qildi. Bu qaror M270 MLRS işlab çiqaruvçisi hisoblangan AQŞ bilan kelişilgan. OAV ma’lumotiga köra, hozirça uç dona uçiriş qurilmasi yuboriladi, ukrainlar avvaliga bu qurollardan foydalanişni örganişi kerak.

Quyida 5 iyun kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Kiyev va Kiyev oblasti

Rossiyaliklar tomonidan raketa zarbalari berilgan Darnitskiy vagon ta’mirlaş zavodi deposi. Zavod Kiyev markazidan 10 kilometr masofada joylaşgan. RF mudofaa vazirligi zavod korpuslarida T-72 tanklari bölganini da’vo qilgan. Ammo «Ukraina temiryöllari» rahbari bu yerda faqat vagonlar bölganini aytdi. Foto: Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Işçi temiryöl infratuzilmasiga kelib tuşgan raketa zarbalari oqibatlarini közdan keçirmoqda
AP Photo/Natacha Pisarenko
Kiyev yaqinidagi Makarov posyolkasida vayron bölgan uy boğidagi öt qirqilmoqda
Christopher Furlong / Getty Images
Kiyev ustida tutun. 5 iyun kuni Ukraina poytaxtiga aprel oyi oxiridan buyon ilk bor raketalar kelib tuşdi. Şahar meri Vitaliy Kliçkoning ma’lum qilişiça, zarbalar oqibatida bir kişi şifoxonaga yotqizilgan.
Edgar Su / Reuters / Scanpix / LETA

Donetsk 

Zarbaga uçragan turar joy binosi. DXR vakillariga köra, Donetsk Ukraina harbiylari tomonidan öqqa tutilişi oqibatida uç kişi halok bölib, 14 kişi yaralangan. Foto: Vladimir Gerdo / TASS
Rossiya Tergov qömitasi xodimlari Donetskning Petrovsk rayoniga raketa zarbalari berilganida yonib ketgan avtomobil oldida özaro gaplaşişmoqda. Rossiya naşrlariga köra, şanba kuni DXR nazoratiga ötgan hududga yöllangan raketa zarbalar oqibatida kamida beş kişi halok bölib, 20 kişi yaralangan. Foto: AP Photo

Donbass şimoli 

Yelkasiga muşugini mindirgan ayol raketa zarbasidan keyin hovlisini tartibga keltirişga urinmoqda. Drujkovka şahri Rossiya armiyasi zarbalari ostida qolgan — bu yerda Ukraina harbiy texnikalari ta’mirlangan zavod sexlari vayron qilingan.
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Lisiçanskda özining yonayotgan uyi oldida turgan kişi. Ukrain qöşini Lugansk oblastida mudofaalanişda davom etmoqda
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Drujovkada mahalliy aholi vakili raketa zarbasidan vayron bölgan uyida divanda yotibdi
AP Photo/Bernat Armangue
Drujovkada mahalliy aholi vakili raketa zarbasidan hosil bölgan öraga tuşib körmoqda
AP Photo/Bernat Armangue
Ukrainlar tibbiy brigadasi işlatadigan zambil. Front çiziğidagi örmon hududi
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Front çiziği yaqinidagi yarador ukrain harbiy xizmatçisi
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Baxmut yaqinidagi front çiziğida turgan ukrain harbiysi — Rossiya qöşini uşbu yönalişda hujumlarni davom ettirmoqda, ammo şahar Ukraina nazoratida qolmoqda. Foto: Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy xizmatçi avtomat granatomyotdan öt oçmoqda
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy frontning oldingi çiziğiga qaytişdan oldin hordiq çiqarmoqda
AP Photo/Bernat Armangue
Yarador ukrain harbiysi hospitalga olib ketilmoqda, Donetsk oblasti
AP Photo/Bernat Armangue

Zaporojye oblasti 

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy front çiziğida. U Donbassdagi Lisiçansk va Soledar şaharlariga ham borgan.
Ukraina prezidenti matbuot xizmati/ Reuters / Scanpix / LETA