Özbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim taşkilotlari filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari talabalariga ajratilgan maqsadli davlat grantlari uçun tanlovda iştirok etiş böyiça arizalarni qabul qiliş boşlandi.
Arizalar 2026-yil 10-oktabrdan 17-oktabrgaça (şu kuni ham) my.uzbmb.uz manzili orqali qabul qilinadi.
Tanlovda xorijiy oliy taʼlim taşkilotlarining Özbekistondagi filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim taşkilotlarida bakalavriat taʼlim yönalişlarining kunduzgi taʼlim şakliga qabul qilingan, davlat granti kvotalari ajratilgan taʼlim sohalarida tahsil olayotgan talabalar iştirok etişlari mumkin.
Talabalar tegişli taʼlim yönalişlari uçun belgilangan fanlar majmuasi böyiça saralaş imtihonlarida iştirok etadi. Test sinovlari Bilim va malakalarni baholaş agentligi tomonidan ötkaziladi.
Joriy yilda davlat oliy taʼlim taşkilotlariga kiriş imtihonlarida mos fanlar majmuasi böyiça iştirok etgan talabalar özlari töplagan ballari bilan ham tanlovda qatnaşişi mumkin.
Davlat grantlari belgilangan minimal ötiş balini töplagan talabalar orasidan ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda, ajratilgan kvotalar doirasida taqsimlanadi.
Tanlov natijasida davlat grantiga tavsiya etilgan talabalarga grant butun öqiş davri uçun ajratiladi. Bunda grant olgan talabalar öqişni tamomlagaç, belgilangan tartibda davlat yoki davlat uluşi mavjud taşkilotlarda kamida 3 yil işlab beriş majburiyatini oladi.











