Texasdagi boşlanğiç maktablardan birida sodir bölgan ommaviy otişma bilan boğliq fojiadan ikki hafta ötib, 8 iyun, çorşanba kuni keçqurun AQŞ kongressi vakillar palatasi demokratlarning köpçilik ovozi bilan miltiqlar sotib oliş böyiça yoşni 18 yoşdan 21 yoşgaça oşiriş böyiça qonun loyihasini ma’qulladi.
Şu bilan birga, ekspertlarning ta’kidlaşiça, bu taşabbus muvaffaqiyat qozoniş imkoniyatiga ega emas, çunki u Senatda respublikaçilar tomonidan bloklanişi mumkin. Kongress yuqori palatasida va vakillar palatasida tasdiqlangan qurol böyiça qonunlarni kuçaytirişga oid bir qator boşqa islohotlarning istiqboli yöq. Senatda zaiflaştirilgan islohotlar paketini mö’tadil respublikaçilar qöllab-quvvatlaşiga umid qilib, palatadan ötkaziş böyiça muzokaralar olib borilmoqda.
Agar islohotlar baribir qabul qilinsa, ularning kuçga kirişi uçun faqat AQŞ prezidenti Jo Baydenning imzosi talab qilinadi. Bayden esa qurolga oid qonunçilik kuçaytiriş tarafdori, u kongressni harakat qilişga çaqirmoqda.
Kongressmenlar yaqinda Texasning Yuvalde şahridagi boşlanğiç maktabda 18 yoşli ösmir 19 nafar bola va ikki öqituvçini miltiqdan otib öldirgani fonida AQŞda qurol böyiça liberal qonunlarni kuçaytirişni muhokama qilmoqda.
AQŞda qurol töğrisidagi qonunlar qisman ştat darajasida qabul qilinadi. Köplab ştatlarda miltiqlarni 18 yoşdan boşlab osongina sotib oliş mumkin. Şu bilan birga, AQŞdagi restoranlarda spirtli içimliklarni iste’mol qilişga hamma joyda faqat 21 yoşdan boşlab ruxsat beriladi.












