Özbekistonning Misrdagi elçixonasi taşkilotçiligida ötkazilgan uçraşuvda muftiy vatandoşlar qarşisida nutq sözlab, ularga Özbekistonda amalga oşirilayotgan işlar haqida sözlab bergan.
Nuriddin Xoliqnazarov Özbekiston musulmonlar idorasi xorijda yaşayotgan vatandoşlar bilan doimiy muloqot örnatiş, hamkorlik qiliş şuningdek, mehnat muhojirlarining huquq va manfaatlari, e’tiqodlarini himoyalaş borasida juda katta işlar qilinayotganini ta’kidlab ötgan.
Jumladan:
- ötgan Ramazon oyida 12 nafar özbekistonlik ulamo AQŞdagi vatandoşlar bilan muborak ibodatlarni birga ado etiş barobarida ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar orqali ularning ruhiy olamini boyitişgani;
- Yevropa, Rossiya, MDH va qöşni davlatlardagi vatandoşlar bilan özbekistonlik imom-domlalar doimiy uçraşuvlar taşkil etib kelinayotgani
- Misrda ötkazilayotgan xalqaro anjumanda e’tirof etilgan, Suriya va Afğonistondagi uruş öçoqlaridan 500 dan ziyod Özbekiston fuqarolarining vatanga qaytarilişi;
- Ukrainadagi qaltis voqealardan söng 6 mingdan ziyod Özbeksiton fuqarolarining vatanga qaytarilgani va ularning işlaşlari hamda öqişni davom ettirişlari uçun barça şart-şaroitlar berilganini aytib ötgan.

Muftiy, Özbekistonda sönggi yillarda din sohasida juda katta xayrli işlar bölayotgani, xususan mömin-musulmonlarning şar’iy ehtiyojlarini töla qondirişga katta sa’y-harakat qilinayotganini aytib, Misrda tahsil olayotgan ahli ilmlar yurtimizda faoliyat olib borayotgan Qur’oni karim va tajvid kurslariga kerak bölişini ta’kidlagan.
Nuriddin Xoliqnazarov özga yurtda yaşaş, işlaş va öqiş oson emasligini ta’kidlab, vatandoşlarga özlari yaşab turgan davlat qonunlari va tartiblariga jiddiy rioya qiliş lozimligini, aks holda turli taşvişli oqibatlar kelib çiqişi mumkinligini aytgan.
Şuningdek, vatandoşlar musofir yurtlarda tuğilib ösayotgan farzandlarini vatanga muhabbatli qilib tarbiyalaşlari lozimligini uqtirgan.

Sözining yakunida, muftiy Haq taolodan, barça vatandoşlarga, iş yoki öqiş bilan Misrda yurganlarga sihat-salomatlik, omad va muvaffaqiyatlar tilab, xayrli duolar qilgan.
Bundan taşqari, bugun, 9 iyun kuni Qohirada ötkazilayotgan xalqaro anjuman doirasida muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Misr Arab Respublikasi muftiysi Şavqiy Ibrohim Allom bilan uçraşuv ötkazgan.. Unda Özbekistonning Misrdagi elçisi Mansur Qiliçev, Misr Arab Respublikasi muftiyligi vakillari va boşqa mutasaddilar ham iştirok etgan.












