Iyun oyida «Özbekiston temir yöllari» tarkibiga kiruvçi quyidagi xalqaro poyezdlar qatnovi jadvalga qaytariladi:

23 iyundan Toşkent - Samara poyezdi haftasiga bir marta Toşkentdan (payşanba kunlari) va Samaradan (yakşanba kunlari) jönaydi;

25 iyundan Toşkent - Volgograd poyezdi haftasiga bir marta Toşkentdan (şanba kunlari) va Volgograddan (seşanba kunlari) jönaydi.

Poyezd çiptalari tez orada sotuvga çiqadi. Yölovçilar çiptalarni jönaşdan 45 kun oldin sotib olişi mumkin.

Eslatib ötamiz, Özbekiston va Rossiya fuqarolari uçun mamlakatlarga kirişda ilgari mavjud bölgan barça sanitariya çeklovlari olib taşlandi, PZR testi talab qilinmaydi.