2021 yilning iyun oyida institut meva-sabzavot mahsulotlari raqobatbardoşligini baholagan va uning natijalarini e’lon qilgan, biroq hisob-kitoblar 4 ta qiymatli taşqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi ma’lumotlari asosida amalga oşirilgandi. 

Uşbu baholaş TIF TN böyiça 6 ta qiymatli ma’lumotlar asos qilib olingani bilan farq qiladi. Şuning uçun avval körib çiqilgan 35 ta tovar guruhi örniga bu safar meva va sabzavotlar 127 ta tovar guruhi baholandi.

PMTI ekspertlari hisob-kitoblar natijasida olingan indekslar örtaça qiymatlarini taqqoslaş asosida meva-sabzavotlarni 3 guruhga ajratdi: 1) taşqi bozorda sezilarli qiyosiy ustunlikka ega bölgan tovarlar; 2) «marginal» holatdagi, ya’ni ba’zi yillarda jahon bozorida raqobatbardoş bölgan, ayrim yillarda esa raqobatbardoş bölmagan hamda taşqi bozor şaroitiga juda boğliq tovarlar; 3) taşqi bozorda qiyosiy ustunlikka ega bölmagan tovarlar.

Şunday qilib, Özbekiston tovarlarining taşqi bozorda aniq qiyosiy ustunlikka ega bölgan 36 ta va qiyosiy ustunlikka ega bölmagan 58 ta guruhini aniqlaşga muvaffaq bölindi. Tovarlar qolgan 33 ta guruhi böyiça qiyosiy ustunlik mavjudligi yoki yöqligi aniq emas va ular bozor şaroitiga boğliq.

2017-2021 yillarda jahon bozorida eng katta qiyosiy ustunlikka ega bölgan mahsulotlar 10 taligiga quyidagilar kiradi: 

barça körinişdagi loviyalar - quritilgan, pösti olingan, pöstidan tozalangan yoki tozalanmagan, maydalangan yoki maydalanmagan; 
sarxil örik; 
loviyaning vingamungo nepper yoki vingaradiata turlari - quritilgan, pösti olingan, pöstidan tozalangan yoki tozalanmagan, maydalangan yoki maydalanmagan; 
xurmo;
mayiz;
olxöri qoqi;
gilos;
turşak;
olma qoqi;
qisqa muddatli saqlaş uçun möljallab konservalangan, lekin bu şaklda ozuqa sifatida iste’mol qiliş uçun yaroqsiz bölgan boşqa sabzavot va ösimlik aralaşmalari.