Britaniyalik Eyden Aslin, marokaşlik Saadun Ibrohim va yana bir britaniyalik Şon Pinner tan olinmagan «DXR» hukumati tomonidan «Ukraina qurolli kuçlari safida yollanma jangçilar sifatida jang qilgani» uçun ölimga mahkum etildi. Aslida ularning uçalasi ham bir neça yildan buyon Ukrainada yaşab kelgan va şartnoma asosida Ukraina armiyasida xizmat qilgan, Aslin esa Ukraina fuqaroligini ham olgandi. Foto: Vladimir Gerdo / TASS

Uruşning 107-kuni. Sönggi ma’lumotlar

  • Ukraina harbiy razvedkasi rahbari örinbosari Vadim Skibitskiy Britaniyaning Guardian gazetasiga bergan intervyusida Ukraina Donbassda olib borilayotgan artilleriya uruşida yengilayotganini aytdi: uning sözlariga köra, ukrainlardagi artilleriya qurollari rossiyaliklarnikidan 10-15 barobar kamroq, Ukraina ittifoqçilari özlarida bor qurollarning faqat 10 foizini berişgan. Şuningdek Ukrainada sovetlar qurollari uçun snaryadlar tugamoqda.
  • Ukraina boş ştabining 10 iyun tongidagi axborotida Rossiya qöşini muhim tayanç punti Baxmut tomon ilgarilayotgani aytilgan: boş ştab Rossiya yurişi Vozdvijyenka-Rota rayonida «qisman muvaffaqiyatga erişayotgani»ni qayd etgan - bu rayon Baxmutdan bir neça kilometr şarqda joylaşgan.
  • Ukraina armiyasining «Janub» operativ qömondonligi 9 iyun kungi axborotida ukrain aviatsiyasi raqibning daryo keçuvida töplangan texnikalari va şaxsiy tarkibiga, Xerson oblastidagi beşta turli aholi punktlarida joylaşgan dala omborxonalariga davomli zarbalar berganini ma’lum qilgan.
  • Bloomberg agentligi payşanba kuni anonim manbasiga asoslangan holda Yevropa komissiyasi keyingi hafta oxirida Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga a’zo bölişga nomzod mamlakat maqomini beriş böyiça rasmiy tavsiya berişi mumkin, ammo bunday qaror Yevroittifoq sammitida konsensusga erişiş orqali qabul qilinadi, ayrim davlatlar esa - kamida, Niderlandiya va Daniya - Ukraina hali tayyor emas deb hisoblamoqda.

Quyida 9 iyun kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Nikolayev 

Nikolayev aholisi çuçuk suv uçun navbatda. Nikolayev oblasti ma’muriyati rahbari Vitaliy Kim şahar va atrofdagi aholi punktlari rossiyaliklar tomonidan doimiy ravişda öqqa tutilayotgani va bosqin xavfi saqlanib qolayotganini aytgan.
Edgar Su / Reuters / Scanpix / LETA

Donetsk 

Zarbalar vaqtida halok bölgan rafiqasi jasadi ustidagi er
Valentin Sprinçak / TASS
Ukrainlar tanki Donetsk oblasti böylab harakatlanmoqda.
AP Photo/Bernat Armangue

Xarkov 

Xarkov rossiyaliklar tomonidan öqqa tutilişidan keyin xususiy turar joy binolari yonişi davom etmoqda
Ivan Alvarado / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik qutqaruvçilar Xarkovga uçirilgan snaryad kelib tuşgan joyda avtomobilni joyidan qözğatişga urinmoqda.
Ivan Alvarado / Reuters / Scanpix / LETA

Donbass şimoli 

Severodonetskdagi front liniyasida joylaşgan yöl böyidagi avtomobillar qoldiqlari. Şahar uçun oğir janglar davom etmoqda.
Oleksandr Ratushniak / AP / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuçlari askarlari Severodonetsk frontida dron orqali rossiyaliklar pozitsiyasini kuzatişmoqda
Oleksandr Ratushniak / AP / Scanpix / LETA
Dronni boşqariş. Foto: Oleksandr Ratushniak / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik askar Severodonetsk frontidagi janglar vaqtida jangovar pozitsiyani egallamoqda.
Oleksandr Ratushniak / AP / Scanpix / LETA
Ratsiya tutgan ukrain askari Severodonetskdagi oğir janglarda qatnaşmoqda
AP Photo/Oleksandr Ratushniak
Ukrain askari Severodonetskdagi front çiziğida janglarning borişini kuzatmoqda
AP Photo/Oleksandr Ratushniak
Ukrain askari Severodonetsk uçun janglar vaqtida jangovar pozitsiyada turibdi
AP Photo/Oleksandr Ratushniak
Ukrainalik askar Severodonetsk frontidagi janglar vaqtida jangovar pozitsiyada turibdi.
AP Photo/Oleksandr Ratushniak
Ukrainalik pulemyotçi Donbass frontining Gorlovka şahri yaqinidagi Nyu-York posyolkasidagi uçastkasida.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuçlari harbiylari Nyu-York ostonasida
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaliklarning artilleriya zarbalari oqibatida halok bölgan tinç aholi vakillari Lisiçansk atrofidagi birodarlik qabristonida. Rossiya va «LXR» kuçlari şahar tez orada şturm qilinişini aytişgan.
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Slavyanskdan tinç aholi vakillari evakuatsiyasi. «DXR» şahar uçun janglar boşlanganini e’lon qilgan.
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Lisiçanskdan evakuatsiya avtobusi jönaşini kutayotgan ona va bola.
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Furgon boşqaruvidagi Yuliya öz onasi va qöşnilarini Zaporojyega olib ketmoqda. Köngilli haydovçilar front çiziğidagi ukrainlarga gumanitar yordamlar yetkaziş va u yerdan ketişni istaganlarni evakuatsiya qiliş uçun öz hayotlarini xavf ostiga qöyişmoqda.
AP Photo/Francisco Seco

Kiyev

Portlamay qolgan snaryadlar va boşqa öq-dorilarni yiğib zararsizlantiriş davom ettirilmoqda
AP Photo/Natacha Pisarenko
AP Photo/Natacha Pisarenko
Ukrain askari Kiyev atrofida hudud minalaştirilgani töğrisidagi ogohlantiruvçi tabliçka oldidan ötmoqda
AP Photo/Natacha Pisarenko
Jurnalist Kiyev atrofidagi hududlarni tozalaş bilan şuğullanayotgan maxsus brigada tomonidan minalar portlatilişini tasvirga olmoqda
AP Photo/Natacha Pisarenko