Toşkent şahar IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi taklifiga köra, yoşlarga “drift” va “drag-reysing”(buriliş texnikasi va avtosport turi, yölda tezlik va burçakni maksimal darajada uşlab turiş uçun boşqariladigan usullardan foydalaniş bilan boğliq harakatlar) uyuştiriş uçun Bektemir tumani “Şonazar” mahalla fuqarolar yiğini hududidan yer uçastkasi ajratiladi.
Belgilanişiça, ajratiladigan yer uçastkasi:
aholi yaşaş joyidan taşqarida joylaşganiga;
“drift” va “drag-reysing” iştirokçilari xavfsiz harakatlanişiga, ular drift uyuştiriş uçun özlari bilan olib kelgan avtomototransport vositalarini texnik körikdan ötkazişi uçun şaroit yaratilişiga;
tomoşabin sifatida kelgan şaxslarga qulay şart-şaroit yaratilişi, xavfsizlik çoralari körilişiga;
hududga taşrif buyuruvçilar (xizmat körsatuvçi, iştirokçi, tomoşabin va h.k.) şaxsiy avtotransport vositalari uçun avtoturargoh, servis va maişiy xizmat körsatiş obektlari hamda jihozlangan tibbiy yordam körsatiş stansiyasi uçun mavjud şart-şaroitlar yaratilişiga;
yoşlarga “drift” va “drag-reysing” uçun ajratiladigan yer uçastkasi davlat va xususiy şerikçilik asosida xorijiy investorlarni jalb qilgan holda, ularga tender asosida beriş va hududni zamonaviy jahon standartlariga mos ravişda bölişini ta’minlaşga alohida e’tibor qaratiladi.
Aprel oyi oxirida Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev avtopoyga va drift işqibozlari uçun Toşkent şahridan trassa ajratişni taklif qilgan edi.












