Samarqand viloyatida Qozoğiston davlat raqamiga ega avtomobillar yölda drift qilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bölgan edi. YHXB qoidabuzarlarga çora körilganini ma’lum qildi.

Videolavhadan ma’lum bölişiça, Qozoğiston, Tojikiston va Qirğizistondan kelgan mehmonlar şou tariqasida parad uyuştirgan va unda drift qilgan. Tadbir haqida boşqa tafsilotlar keltirilmagan.

Qoidabuzarlarning aksariyati çet ellik bölgani ta’kidlanmoqda. Videolavhada ular uzr söragani aks etgan.

«Biz qayerda bölsak ham Özbekiston qonunlarini hurmat qilamiz. Ikkinçi marta qaytarilmaydi. Bizga tuşuntirişdi. Aslida maxsus maydonda drift qilişimiz kerak edi, lekin şahar köçalarida drift qildik. Samarqand xalqidan keçirim söraymiz», dedi qozoğistonlik haydovçilardan biri.

YHXB qoidabuzarlarga nisbatan qanday çora körilgani haqida ma’lumot bermadi.