AQŞ prezidenti Jo Baydenning 10 iyun, juma kuni Los-Anjyelesdagi xayriya qabulida ma’lum qilişiça, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Vaşingtonning Rossiya hujumi vaqti yaqinlaşib kelayotgani haqidagi ogohlantirişlariga e’tibor bermagan.

«Köpçilik meni börttirib gapiryapti deb öylaganini bilaman, - dedi Bayden jurnalistlar bilan suhbatda. - Ammo men qölimizda ma’lumotlar borligini bilardim, buni tasdiqlovçi axborotlar mavjud edi».

«Rossiya prezidenti Vladimir Putin çegarani kesib ötişni rejalaştirgandi. Bunga heç qanday şubha yöq edi, Zelenskiy esa, xuddi köpçilik kabi, bu haqda eşitişni xohlamadi. Nega ular buni eşitişni istamaganini tuşunaman, lekin u (Vladimir Putin) hujumni amalga oşirdi».

24 fevral kuni Putin mamlakatga qarşi «maxsus operatsiya» ötkazilişini e’lon qilişidan bir neça hafta oldin, AQŞ Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişga tayyorlanayotgani ehtimoli yuqori ekanligiga işora qilgandi. Fevral oyi örtalarida BMT xavfsizlik kengaşi yiğilişida sözga çiqqan AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken Ukraina çegarasi yaqinida Rossiya harbiy kuçlarining töplanişi «yaqin kunlarda» hujumga tayyorgarlik körilayotganidan dalolat berişini ta’kidlagandi.

Ğarbning ayblovlariga javoban Moskva bir neça bor bunday niyati yöqligini bildirgan va NATOni Ukrainani qurollantiriş va Rossiya çegaralari yaqinida maşğulotlar ötkazişda ayblagandi.

14 fevral kuni Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Oleksiy Danilov Kiyev Rossiyaning keng kölamli bostirib kirişi xavfini «na 16 fevralda, na 17 fevralda körmayotganini» aytgandi.