Vazirlik xabariga köra, muzokaralar çoğida kompaniyaning Özbekiston bank-moliya bozoriga kirişiga doir investitsiyaviy rejalari bilan boğliq masalalar atrofliça muhokama qilindi. Xorijiy tomon kompaniya faoliyati hamda uning xalqaro miqyosdagi ilğor tajribasi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Uçraşuv çoğida ikkala tomon manfaatlaridan kelib çiqqan holda, mamlakatda faoliyat yuritayotgan xorijiy investorlar huquqlarini mustahkam himoya qiluvçi Özbekiston qonunçilik bazasini batafsil muhokama qilişga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar bir qator qöşimça uçraşuvlar ötkazişga kelişib oldi. Ularning maqsadi Janubiy Koreyaning moliyaviy guruhi bilan konstruktiv muloqot olib borib, uning Özbekiston bozoriga kirişiga yordam berişdir. Buning uçun birgalikda olib boriladigan tadbirlar rejasi işlab çiqiladi.

Foto: Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi

Ma’lumot uçun: BNK Financial Group kompaniyasi 2011 yilda Pusan şahrida «Busan Bank», «Kyongnam Bank», «BNK Capital» va boşqa moliyaviy kompaniyalardan taşkil topgan moliyaviy guruhdir. BNK Financial Group Janubiy Koreyada 379 ta filial va 114 ta bölim, şuningdek çet elda 28 ta filial va 3 ta vakolatxonaga ega. BNK Financial Group aktivlari 100 milliard AQŞ dollaridan oşadi.