Buyuk Britaniya rasmiylari «Donetsk xalq respublikasi»da qirollik fuqarolari ölim jazosiga hukm qilingani masalasini Rossiya bilan emas, balki Ukraina bilan muzokaralarda muhokama qiladi. «Bizning ustuvor vazifamiz Ukraina hukumati bilan birgalikda ularni imkon qadar tezroq ozod qilişga harakat qiliş», dedi Buyuk Britaniya boş vaziri Boris Jonsonning rasmiy vakili 10 iyun, juma kuni.
Şuningdek, u Britaniya taşqi işlar vaziri Liz Trass ukrainalik hamkasbi Dmitriy Kuleba bilan suhbatda bu masalani kötarganini aytdi. Buyuk Britaniya britaniyalik Eyden Aslin va Şon Pinnerni ozod qiliş uçun Rossiya bilan muzokara olib boradimi, degan savolga javoban Dauning-strit Rossiya rasmiylari bilan «doimiy aloqa» yöqligini bildirdi. Bundan taşqari, Aslin va Pinner «Ukraina qurolli kuçlari harbiy xizmatçilari sifatida Jyeneva konvensiyasi himoyasida» ekani körsatib ötildi.
Ayni paytda, BMT Ukraina tomonida jang qilgan va Rossiya tomonidan asirga olingan ikki britaniyalik va bir marokaşlik «DXR»da ölim jazosiga hukm qilingani haqidagi xabarlardan taşviş bildirdi. «BMTning inson huquqlari böyiça oliy komissari boşqarmasi özini mustaqil deb e’lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi»da «Oliy sud» sifatida köriluvçi muassasa tomonidan uç nafar harbiy xizmatçiga nisbatan çiqarilgan ölim jazosi hukmidan taşvişda», - deya Jyenevada jurnalistlarga ma’lum qildi boşqarma rasmiy vakili Ravina Şamdasani.
U «DXR» va «LXR»da inson huquqlarining jiddiy buzilişi holatlarini tilga oldi. «2015 yildan buyon biz özini mustaqil deb e’lon qilgan «respublikalarda» sud tizimi adolatli sud jarayonining asosiy kafolatlari bölgan oçiq eşituvlar, sudlar mustaqilligi va xolisligi, körsatma berişga majburlamaslik kabi huquqlarga amal qilmayotganini kuzatdik. Harbiy asirlar ustidan bunday sud jarayoni harbiy jinoyatga tenglaştiriladi», - dedi Şamdasani.
Rasmiy Berlin ham Ukraina şarqidagi Kiyev nazorati ostida bölmagan mintaqada çiqarilgan ölim jazo hukmini keskin tanqid qildi. Bu xabarlar dahşatli, dedi Germaniya Taşqi işlar vazirligi vakili. «Fuqaroligidan qat’i nazar, qurolli kuçlar xizmatçilari, jumladan, Ukraina tomonida jang qilayotgan harbiy xizmatçilar jangovar harakatlar iştirokçilari hisoblanadi va xalqaro gumanitar huquqqa muvofiq alohida himoyadan foydalanişi lozim», — deya qöşimça qildi u.
Federal hukumat bunday qarorlarni Rossiyaning «xalqaro gumanitar huquq elementar tamoyillariga töliq e’tibor bermasligi»ning yana bir dalili deb hisoblaydi, dedi Germaniya TIV vakili.
Kuni keça Rossiya davlat OAVlari Ukrainadagi harbiy mojaroda iştirok etgan britaniyalik Eyden Aslin va Şon Pinner, şuningdek, marokaşlik Saudun Braxim Rossiya nazoratidagi Donetskda sudga tortilgani va ular «yollanma askar sifatida tan olinib, «DXR»da hokimiyatni egallab oliş va «konstitutsiyaviy tuzum»ni ağdarişga qaratilgan xatti-harakatlar sodir etganlikda aybdor» deb topilgani haqida xabar bergan edi. Uçala şaxs ham ölim jazosiga hukm qilindi. Ular hukmlar ustidan şikoyat qiliş va afv etiş imkoniyati haqida xabardor qilingan.












