Xabarda aytilişiça, tomonlar Qozoğiston va Rossiya örtasidagi munosabatlar örnatilganining 30 yilligi munosabati bilan bir-birini tabriklagan. Nazarboyev va Putin bir-biriga salomatlik tilab, keyinçalik muloqotni davom ettirişga kelişib olgan.
Qozoğiston mustaqil OAVlari Nazarboyev bir neça kundan buyon Moskvada bölgani haqida yozişmoqda. Jurnalistlar elboşi samolyotining parvozlar tarixini kuzatib şunday xulosaga kelgan, şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Putin bilan uçraşuvdan avval Nazarboyevning Moskvada yurgani köringan suratlar tarqaldi. Kreml rasmiy saytida hozirça Nazarboyev bilan uçraşuv haqida xabar berilmagan.
Avvalroq Nazarboyev nafaqada ekani va dam olayotganini aytgandi.












