2021 yilda investitsiya aktivlari kamida bir million AQŞ dollariga teng bölganlar soni dunyoda 7,8 foizga oşib, 22,5 million kişiga yetdi. Şu bilan birga, dunyoning eng badavlat kişilarining umumiy boyligi ötgan yilga nisbatan 8 foizga oşib, 86 trillion dollarga (82 trillion yevro) yetdi. Bunday ma’lumotlar Capgemini konsalting kompaniyasi tomonidan 14 iyun, seşanba kuni e’lon qilingan World Wealth Report hisobotida keltirilgan. 

Dunyodagi eng köp boy odamlarga ega uç davlatdan biri bölgan Germaniyada bu vaqt içida dollarli millionerlar soni ortdi. Capgemini ma’lumotlariga köra, hozir Germaniyada ularning soni 1,63 millionni taşkil etadi. Bu avvalgi yilga nisbatan 100 mingga köp. 

Camgemini ma’lumotlariga köra, bunday rivojlanişga aksiyalar narxining ösişi, şuningdek, 2020 yilgi pandemiyadan keyin global bozorning tiklanişi ta’sir körsatdi. Kompaniya eksperti Klaus-Georg Mayyerning fikriça, 2022 yil uçun prognozlar ança oddiy. Yuqori inflatsiyaga qarşi kuraşda markaziy banklar tomonidan foiz stavkalarini oşiriş fond bozorlaridagi kayfiyat va birjalardagi qimmatli qoğozlar bahosiga ta’sir qiladi. 

Germaniyada barça dollarli millionerlarning umumiy boyligi yil davomida 7,4 foizga ösib, 6,3 trillion dollarga yetdi (6 trillion yevro). Qimmatli qoğozlar narxining kötarilişidan taşqari, bunga jamğarmalarning köpayişi va köçmas mulk bozoridagi ösiş ta’sir körsatdi. 

Germaniya federal banki (Bundesbank) ma’lumotlariga köra, 2021 yil oxirida mamlakatdagi barça xususiy uy xöjaliklarining umumiy boyligi 7,61 trillion yevroga yetgan. Hisob-kitobda naqd pul va depozitlar, qimmatli qoğozlar, şuningdek suğurta mablağlari hisobga olindi, lekin köçmas mulk hisoblanmadi. 

Capgemini ma’lumotlariga köra, köpçilik dollarli millionerlar AQŞda yaşaydi: 7,46 million kişi. Uşbu reytingda ikkinçi örinda 3,65 million dollarli millionerlar istiqomat qiluvçi Yaponiya joylaşgan. Uçinçi örindagi Germaniyadan keyingi örinda 1,54 million dollarli millionerlar bilan Xitoy bormoqda.