“Huquqiy axborot” kanali xabariga köra, nizomga asosan subsidiya:
- xöraki va kişmişbop tokzorlarni barpo etgan talabgorga – Boğdorçilikni rivojlantiriş jamğarmasi hisobidan;
- sanoatbop tokzorlarni barpo etgan talabgorga – Vinoçilikni rivojlantiriş jamğarmasi hisobidan ajratiladi.
Subsidiya barpo qilingan tokzorlarda uzum köçatlarini kötariş maqsadida şpalerni örnatiş (quriş) işlari yakunlangandan söng faqat bir marotaba, bir dona şpaler uçun 15 ming sömdan ortiq bölmagan miqdorini qoplaş uçun ajratiladi.
Talabgor subsidiya oliş uçun şpalerni örnatiş (quriş) işlari yakunlangandan söng xulosa oliş uçun tuman işçi guruhiga arizani yozma yoki elektron şaklda yuboradi. Örganiş natijasi yuzasidan 1 kunda ijobiy yoki salbiy xulosa beriladi.
Tegişli agentliklar tumanlar qişloq xöjaligi bölimlari bilan birgalikda 5 yil mobaynida şartnomada körsatilgan parametrlar bajarilişi yuzasidan monitoring olib boradi.
Jamoatçilik nazorati sub’yektlari tomonidan subsidiya predmetidan maqsadli foydalanilmayotgan yoki yaroqsiz holdaligi aniqlansa, bunday holatlar videotexnika vositalari orqali yozib olinib, 2 kun muddatda tuman işçi guruhiga taqdim qilinişi mumkin.
Xabar öz tasdiğini topgan taqdirda tegişli agentlik tomonidan rağbatlantiriladi. Rağbatlantiriş talabgordan undirilgan subsidiya 5 foizi miqdorida amalga oşiriladi.












