Qömita xabariga köra, 2022 yilning 1 iyun holatiga Özbekistonga kelgan çet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagiça:

  • qarindoşlarni yöqlaş — 1,2 mln kişi; 
  • dam oliş — 102,3 ming kişi;
  • davolaniş — 30,8 ming kişi;
  • xizmat yuzasidan — 24,4 ming; 
  • tijorat — 5,6 ming kişi;
  • öqiş maqsadida — 1,9 ming kişi.

Bundan oldin 2022 yilda 525 ming özbekistonlik qarindoşini yöqlaş maqsadida xorijga çiqib ketgani xabar qilingandi. 

2022 yil 1-çoragida Özbekiston fuqarolari xorijga safar maqsadlari orasida qarindoşlarini yöqlaş birinçi örinda turibdi — 525,1 ming kişi.

Bundan taşqari, dam oliş maqsadida 138,6 ming kişi, öqiş maqsadida 40,2 ming kişi çetga çiqib ketgan.

Şuningdek, davolaniş uçun 9,5 ming kişi Özbekistondan ketgan bölsa, xizmat yuzasidan 3 ming kişi çiqib ketgan.