Qoraqalpoğiston, viloyatlar va Toşkent şahridagi davlat muassasasi şaklidagi kiçik sanoat zonalarini boşqariş böyiça yagona direksiyalar kiçik va yoşlar sanoat zonalarini boşqariş böyiça yagona direksiyalar sifatida qayta taşkil etiladi.
Ularga qöşimça ravişda yoşlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantiriş ham ular hududidagi yer maydonlari, bino va inşootlarni elektron onlayn-auksionga çiqariş vazifalari yuklatildi.
Qoraqalpoğiston, viloyatlar va Toşkent şahri maxsus iqtisodiy zonalar va kiçik sanoat zonalari ma’muriy kengaşlari tugatilib, ular vazifalari tegişinça maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalariga hamda yagona direksiyalarga yuklatiladi.
Hujjat bilan maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalari biznes-rejalari yoki texnik-iqtisodiy asoslariga "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qiliş markazi" DUK xulosasini oliş talabi bekor qilindi.
Bunda, maxsus iqtisodiy zonalar hududida amalga oşiriş uçun taklif etilayotgan loyihalar "Maxsus iqtisodiy zonalar töğrisida"gi qonunda belgilangan talablarga muvofiqligi töğrisida xulosa maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari tomonidan mustaqil ravişda qabul qilinadi.
2022 yil 1 iyuldan boşlab şunday tartib örnatilmoqda, unga muvofiq:
- sanoat zonalari hududida investitsiya loyihalarini joylaştiriş böyiça qarorlar maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari hamda yagona direksiyalar tomonidan 10 iş kunida qabul qilinadi;
- maxsus iqtisodiy zonalar hududida auksionga çiqarilgan yer maydonlarini ijaraga beriş böyiça auksionda bir iştirokçi qatnaşgan taqdirda ham savdolar ötkazilgan hisoblanadi;
- maxsus iqtisodiy zonalar hududidagi yer uçastkalarini ijaraga oliş huquqi maxsus iqtisodiy zonalar iştirokçilari tomonidan kreditlar olişda garovga qöyilişi mumkin;
- sanoat zonalarida yer maydonlari va bino-inşootlarni elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berişda boşlanğiç narxi böyiça tölovlarni 12 oy muddatda bölib-bölib tölaş tartibi tatbiq etiladi;
- maxsus iqtisodiy zonalar iştirokçilari bojxona imtiyozlari qöllanilgan holda import qilinadigan xomaşyo, materiallar va butlovçi qismlar röyxati böyiça murojaati maxsus iqtisodiy zonalar direksiyasi tomonidan murojaat kelib tuşganidan boşlab yetti iş kunida tasdiqlanadi va elektron ravişda Davlat bojxona qömitasiga taqdim etiladi;
- import qilinayotgan xomaşyo, materiallar va butlovçi buyumlar uşbu röyxatga muvofiqligi hamda har yarim yilda röyxatdagi tovarlar asosida işlab çiqarilgan mahsulotlar eksporti ustidan nazorat bojxona organlari tomonidan amalga oşiriladi.
Belgilanişiça, maxsus iqtisodiy zonalar hududida amalga oşiriladigan loyihalar böyiça investitsiya buyurtmanomalari Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimi tomonidan beş kun muddatda tasdiqlanadi.
Bundan taşqari, kiçik sanoat hamda yoşlar sanoat va tadbirkorlik zonalari boş rejalari tuman (şahar) hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.











