Boş prokuratura xabariga köra, örganiş doirasida 127 ta tekşiriş ötkazilib, 948 ta prokuror nazorati hujjatlari qöllanildi va 356 nafar şaxsning buzilgan huquqlari tiklandi.

Şuningdek, 463 ta obektlarda örganişlar ötkazilib, 26,1 mlrd sömlik yetkazilgan zarar aniqlandi. Tekşiriş davomida 9,8 mlrd sömlik zarar undirilib, qöpol qonun buzilişi holatlari yuzasidan 65 ta jinoyat işi qözğatildi.

Xususan, 2019-2021 yillarda:

  • sport-ta’lim muassasalari ehtiyojlari uçun ajratilgan 19 ta holatda 6,4 mlrd söm;
  • sport muassasalarini quriş va ta’mirlaş uçun 17 ta holatda 11,8 mlrd söm;
  • sport jihozlarini sotib oliş uçun 6 ta holatda 2,7 mlrd söm;
  • ötkazilmagan öquv maşğulot yiğinlari uçun 5 ta holatda 1,4 mlrd söm budjet mablağlari talon-toroj qilingani aniqlangan.

Sportni rivojlantiriş vazirligi va tizim idoralari  mutasaddilari, şuningdek, Boş prokuratura boşqarma katta prokurori Ş.Nazarov iştirokida tizimda aniqlangan qonun buzilişi holatlari muhokama qilinib, ularni bartaraf etiş va kelgusida yöl qöymaslik böyiça aniq çora-tadbirlar belgilab olindi.