Boş prokuratura huzuridagi departamentning Taxtaköpir tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda yirik miqdordagi talon-torojlik holati foş etildi.

Tekşiruv davomida «Taxtaköpirtumangaz» ta’minoti bölimining moddiy javobgar şaxslari tomonidan qiymati 1 milliard sömlik 1067 dona suyultirilgan gaz balloni özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilingani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) bilan jinoyat işi qözğatildi.

Ayni paytda iş böyiça tergov harakatlari davom etmoqda.