21 iyun kuni Yevropa investitsiya banki rahbari Verner Goyer Ukrainani tiklaş uçun xarajatlar trillion dollardan oşişini prognoz qildi. AQŞ Kalingrad oblastiga sanksiyaga tuşgan mahsulotlarni ötkazmasdan Rossiya bilan bahslaşayotgan Litvani qöllab-quvvatlaşini bildirdi. Rossiya IIV xabariga köra, «aytişniklar» xorijga çiqib ketişi tufayli Rossiyada 170 ming mutaxassis yetişmayapti. Rubl dollar va yevroga nisbatan birja savdolarini sönggi yetti yillikdagi maksimumlarda yakunladi, 22 iyun tongida yevro kursi 2015 yil 27 mayidan buyon ilk bor 56 rubldan pastga tuşdi.

AQŞ boş prokurori Merrik Garland va Ukraina boş prokurori Irina Venediktova Polşaning Ukraina bilan çegaradagi Krakovets şahrida uçraşdi. Foto: AP Photo/Nariman El-Mofty

Quyida 21 iyun kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Zmeiniy (Ilon) oroli

Maxar Technologies / Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina qurolli kuçlari tomonidan öqqa tutilgan Qora dengizdagi Zmeiniy (Ilon) orolining sun’iy yöldoşdan olingan surati. Orolning şimoliy qismida yonğin izlari, janubida — vayron qilingan minora va yonib ketgan daraxtlar körinadi. Hozirda orolda Rossiya qöşinlarining pozitsiyalari va havo hujumidan mudofaa tizimlari joylaşgan.

Donbass şimoli 

Scott Olson / Getty Images

Drujkovka şahridagi bino snaryad tegişidan yonib ketgan. Drujkovka Donetsk oblasti şimolida, Kramatorskdan uzoq bölmagan hududda joylaşgan. 20 iyun kuni Ukraina Qurolli kuçlari Rossiya Kramatorsk yönalişida faol harakatlanmayotgani, ukrainlarning tutaşuv çiziğidagi pozitsiyalarini öqqa tutayotgani haqida xabar bergandi. 

Ukraina Qurolli kuçlari xodimi Drujkovkadagi otişma va undan keyingi yonğin paytida vayron bölgan omborni közdan keçirmoqda.
Scott Olson / Getty Images
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Donetsk oblastida zarbaga uçragan kungaboqar dalasida fermerlar rossiyaliklar raketasi qoldiqlarini közdan keçirmoqda. Ukraina Boş ştabi xabar qilişiça, Rossiya armiyasi Donetsk yönalişida hujumni kuçaytiriş va davom ettiriş uçun qayta guruhlanmoqda.

Tank ustida ötirib, barmoqlari bilan ğalaba belgisini körsatayotgan ukrain askari.
AP Photo/Efrem Lukatsky

Xarkiv oblasti 

Leah Millis / Reuters / Scanpix / LETA

Xarkiv oblastining Andreyevka şahridagi neftni qayta işlaş zavodi öqqa tutilişi oqibatida boşlangan yonğin bir neça kundan beri davom etmoqda. Ukraina Boş ştabi xabar qilişiça, RF armiyasi Ukraina qöşinlari joylaşuvini aniqlaş maqsadida Xarkiv yönalişi böylab havodan razvedka ötkazmoqda hamda Ukraina Qurolli kuçlari pozitsiyalari va fuqarolik infratuzilmasini artilleriyadan intensiv ravişda öqqa tutmoqda. 

Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA

Xarkiv uy-joy-kommunal kolleji yaqinda öqqa tutilişi oqibatida şikastlangan. Xarkiv oblasti rahbari Oleg Sinegubovning xabar qilişiça, 21 iyun kuni Xarkivda artilleriya zarbalari oqibatida 15 nafar tinç aholi vakili halok bölgan, yana 16 nafari yaralangan. 

Uy-joy kommunal kollejining vayron bölgan binosiga qarayotgan ötkinçi.
Leah Millis / Reuters / Scanpix / LETA
Kun botiş çoğida şahar markazidan ötayotgan xarkivliklar
Orlando Barria / EPA / Scanpix / LETA

Kiyev 

Kiyev oblastidagi Borodyanka posyolkasi aholisi gumanitar yordam qabul qilib olmoqda.
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Kiyevning keksa yoşli aholisi vakillari köngillilar tarqatayotgan oziq-ovqat uçun navbatda turibdi
Alexey Furman / Getty Images
Keksa ayol kiyevlik köngillilar tomonidan tarqatilayotgan ovqatni oliş uçun öz navbatini kutmoqda
Alexey Furman / Getty Images

 

Rossiya okkupatsiyasi vaqtida vayron bölgan uy oldidan ötayotgan ayol, Borodyanka
AP Photo/Natacha Pisarenko