Qonunçilikka köra, har yili hokim yordamçilari yozma tavsiyanomasiga asosan:

  • boquvçisi xorijga mehnat migratsiyasiga çiqib ketgan va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida röyxatda bölgan oilalarga BHMning 2 baravari (600 ming söm) miqdorida bir martalik moddiy yordam körsatiladi;
  • mehnat migratsiyasiga çiqib ketgan fuqarolarning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida röyxatda bölgan yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari”dan biriga kiritilgan, nogironligi bölgan oila a’zolariga dori-darmon, nogironlik aravaçalari, eşitiş apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qiliş uçun BHMning 5 baravari (1 mln 500 ming söm) miqdorida bir martalik moddiy yordam körsatiladi;
  • mehnat migratsiyasiga çiqib ketgan fuqarolarning Özbekistonda ular bilan birga yaşovçi pensiya yoşiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi bölgan oila a’zolariga kasaba uyuşmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolaniş muassasalariga bir martalik bepul yöllanma beriladi.

Mahallalardagi yoşlar yetakçilarining yozma tavsiyanomasiga asosan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida röyxatda bölgan yoki “daftarlar”dan biriga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasiga çiqib ketgan fuqarolarning bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yöllanmalar beriladi.