Xorazm viloyatida ötkazilgan festivalda Respublika bolalar kutubxonasi hamda viloyat Bolalar kutubxonalari mas’ullari, Xalq ta’limi boşqarmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boşqarmasi, qator hamkor taşkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va 500 nafardan oşiq kitobsevar öquvçilar iştirok etdilar.
Tadbir doirasida kitoblar yarmarkasi, ma’naviy-ma’rifiy keça, teatr tomoşalari taşkil etildi. Şuningdek, tanlov va tadbirlarda faol qatnaşgan iştirokçilar Xorazm viloyati xalq ta’lim boşqarmasi va Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan munosib taqdirlandilar.
«Eng yaxşi kitobxon öquvçi» körik-tanlovida Xiva tumani, 1-son maktabining 7-sinf öquvçisi Matnazarova Asaloy ğalaba qozondi.
«Men sevgan adabiy qahramon» inşolar tanlovida Urganç şahri, 29-son maktabi 9-sinf öquvçisi Otaboyeva Gavharjon ğolib böldi.

Viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan oromgoh tarbiyalanuvçilarining yozgi ta’til kunlarini mazmunli va maroqli ötkaziş maqsadida «Kun ğolibi» savol-javob viktorinasi ötkazildi. Unda Şovot tumani, 18-son maktabining 10-sinf öquvçisi Rözimboyeva Maşhura ğolib böldi.
«Men eşitgan ertaklar» Respublika onlayn tanlovida Şovot tumani, 15- son maktabining 6-sinf öquvçisi Komilova Gulnora ğoliblikni qölga kiritdi.
Mahallalarda kitob mutolaasiga bölgan qiziqiş va e’tiborni yanada oşiriş maqsadida ötkazilgan «Eng faol kitobxon mahalla raisi» onlayn tanlovida Urganç şahridagi «Hamjihatlik» fuqarolar yiğini raisi Rajapov Erkin ğolib deb topildi.
«Yilning eng yaxşi maktab kutubxonaçisi» tanlovida 1-örinni Gurlan tumani, 30-son maktabining kutubxonaçisi Xudoyberganova Surayyo qölga kiritdi.
«Dillarda Vatan madhi» videorliklar tanlovida Şovot tumani, 28-son maktabining 2-sinf öquvçisi Sa’dullayeva Umida, «Men sevib öqigan kitob» tanlovida Gurlan tumani, 4-son maktabining 5-sinf öquvçisi Azatova Aziza, «Ogahiy şe’riyati şaydosiman» tanlovida Xiva şahri, 17-son maktabining 9-sinf öquvçisi Omongaldiyev Nuriddin ğolib böldi.

«Ta’tilda - kitob bilan» şiori ostida «Kitobxonlar ligasi» respublika körik-tanlovining viloyat bosqiçida 1-örinni Gurlan tumanining «Believer» jamoasi qölga kiritdi. Ğolib jamoa tanlovning respublika bosqiçida iştirok etadi.












