Bu haqda prezident tomonidan imzolangan “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlaş jarayonini soddalaştiriş hamda pensiya va nafaqalarni yetkaziş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorda aytilgan.

Hujjatga köra, 2022 yil 1 iyuldan boşlab davlat pensiyalarini tayinlaşda fuqarolardan mehnat staji, iş haqi, oliy ta’lim muassasalaridagi öqiş hamda harbiy xizmat davri töğrisidagi hujjatlarni talab qiliş bekor qilinadi. 

Bunda, pensiyaga çiqiş huquqi paydo bölgan çoğida işlamaydigan fuqarolarga özlarining mehnat daftarçalaridagi mehnat staji töğrisidagi ma’lumotlarni Bandlikka kömaklaşiş markazlariga murojaat qiliş orqali «Yagona mehnat milliy tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (YaMMT IDAK)ga kiritiş xizmati joriy etiladi.

Davlat pensiyalarini tayinlaş YaMMT IDAKga kiritilgan elektron ma’lumotlar asosida amalga oşiriladi. 

Bunda, mehnat staji, iş haqi, oliy ta’lim muassasalaridagi öqiş hamda harbiy xizmat davri töğrisidagi hujjatlar Pensiya jamğarmasi tomonidan YaMMT IDAKdan foydalangan holda elektron ma’lumotlar almaşinuvi asosida olinadi.

Davlat pensiyalarini tayinlaş uçun fuqarolardan faqat pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi talab etiladi.