Kreml Qoraqalpog‘istondagi voqealarga munosabat bildirdi
Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealarga munosabat bildirdi.

Foto: Getty Images
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibiga ko‘ra, Kreml bo‘lib o‘tgan voqealarga O‘zbekistonning ichki ishi deb qaraydi.
«O‘zbekiston bizga do‘st davlat, ittifoqchimiz va muhim hamkorimiz, u yerda sodir bo‘layotgan voqealar mamlakatning ichki ishidir. Respublika rahbariyatining faol harakati sabab vaziyat iziga tushishiga shubha qilmaymiz», deya Peskovning so‘zlarini keltirgan «RIA Novosti».
Agentlik Nukusdagi voqealar bo‘yicha munosabat olish maqsadida Rossiya Tashqi ishlar vazirligidagi manbasiga ham bog‘langan. Rossiya TIV vakilining aytishicha, O‘zbekiston rahbariyati vaziyatni iziga tushirish uchun aql va o‘z xalqiga hurmat bilan harakat qilgan.
- Bundan oldinroq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Shavkat Mirziyoyev bilan telefon muloqotida O‘zbekiston rahbariyatining Qoraqalpog‘istondagi barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan qarorlari o‘z vaqtida qabul qilinganini qayd etgandi.
- Shuningdek, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlarga chek qo‘yish maqsadida O‘zbekiston rahbari tomonidan ko‘rilgan qat’iy choralarni to‘liq qo‘llab-quvvatlab, boshqa davlatning ichki ishlariga aralashishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidlagan.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston va O‘zbekiston harbiylari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
O‘zbekiston | 08:32
-
Rossiyadagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Jahon | 08:20
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
Mavzuga oid
08:20
Rossiyadagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

00:29
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi

21:48 / 16.04.2025
KXDR Ukrainadagi urush ortidan 20 mlrd dollarga yaqin daromad ko‘rdi - Janubiy Koreya

20:48 / 16.04.2025