Japarov ham Qoraqalpog‘istonda vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha ko‘rilgan choralarni qo‘llab-quvvatladi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari bo‘lajak sammitga tayyorgarlikning borishini muhokama qilishdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 iyul kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.
O‘zbekiston-Qirg‘iziston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining keng ko‘lamli kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Prezident Sadir Japarov Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlarga chek qo‘yish maqsadida O‘zbekiston rahbari tomonidan ko‘rilgan qat’iy choralarni to‘liq qo‘llab-quvvatladi. Boshqa davlatning ichki ishlariga aralashishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi alohida ta’kidlandi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari bo‘lajak oliy darajadagi ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlar rejasini, shu jumladan Cho‘lponota shahrida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo mamlakatlari sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Yaqin orada muhim yo‘nalishlardagi kelishuvlarni ilgari surishga qaratilgan qator qo‘shma tadbirlarni o‘tkazishga kelishib olindi.
Tomonlar mintaqaviy transport yo‘laklari va energetika infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi yirik infratuzilmaviy loyihalarni ishlab chiqishni jadallashtirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladilar.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi qabul qilinadi
O‘zbekiston | 12:14
-
Rossiyada mikromoliya tashkilotlaridan qarz olgan fuqarolar soni 10 mlnga yetdi
Jahon | 12:01
-
Saida Mirziyoyeva «Raqamli avlod qizlari» tanlovi g‘oliblarini tabrikladi
O‘zbekiston | 11:55
-
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Mavzuga oid

21:21 / 03.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston prezidentlari bilan uchrashdi

20:20 / 31.03.2025
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat rahbarlari Xo‘jand qal’asini tomosha qildi

18:54 / 31.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Xo‘jandda Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi

12:58 / 31.03.2025