Bugun, 8 iyul kuni Oliy Majlisi Senatining yigirma sakkizinçi yalpi majlisi bölib ötmoqda. Majlisning oçiliş qismida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Qoraqalpoğistondagi voqealarga munosabat bildirib ötdi.

«Qoraqalpoğistonda ayrim noxuş hodisalar sodir bölganidan  barçangizning xabaringiz bor. Ayrim kuçlarning qançalik harakat qilişiga qaramasdan bölib ötgan bu hodisalar heç qaçon xalqimizning birdamligiga raxna sola olmasligi guvohi böldik.

Şu bilan birga sodir bölgan bu holatda hammamiz özimizga töğri xulosa çiqarişimiz va öz işimizni qayta körib çiqişimiz lozim böladi. Kuni keça prezidentimiz huzurida bölib ötgan yiğilişda davlatimiz rahbari ham bu masalaga alohida e’tibor qaratdi.

Avvalo bu voqealar barça masalalar xalq bilan hamnafas tarzda va öz vaqtida yeçilişiga barça davlat organlari va idoralarining kuçi va resurslarini jalb qiliş zarurligini körsatmoqda.

Şuningdek, aholi tomonidan kötarilayotgan muammo va masalaning katta-kiçigi bölmaydi. Ularning har birining yeçimi muhimdir.

Har qanday kiçik deb qaralgan masala öz yeçimini topmagan taqdirda, albatta bir kuni katta muammoga aylanadi. Xalq vakillari sifatida bunday holatga yöl qöyilmasligi uçun birinçi navbatda biz mas’ulmiz! Muxtasar qilib aytganda, öz işimizni tanqidiy qayta körib çiqişimiz lozim böladi.

Fursatdan foydalanib, Qoraqalpoğistondagi voqealarda qurbon bölgan hamyurtlarimizning oila a’zolari va yaqinlariga özim hamda senatorlarimiz nomidan hamdardlik bildiraman va sabr tilayman, şifoxonalarda davolanayotgan fuqarolarimizga esa tezroq soğayib ketişlarini tilaymiz», deya ta’kidladi Senat raisi.