Hozirgi kunda dunyoda notinçlik hukm surayotgan bir vaqtda yaxlit millat va xalq sifatida birlaşib, yagona maqsad sari intiliş örniga, provokatsiya uyuştirib, noqonuniy harakatlarni sodir etmoqçi bölgan bir guruh şaxslarning çaqiriqlariga, ertaklariga laqqa tuşmasligimiz lozim. Bularning köpçiligi moddiy manfaat uçun vatanini, xalqini ham sotib yuboradigan noinsoflardir.
Mamlakatimizning rivojlanişini körolmaydigan ba’zi bir taşqi kuçlar bu vaziyatdan ustomonlik bilan foydalaniş niyatida emasligiga kim kafolat bera oladi?
Bunday noqonuniy harakatlar va usullarni har tomonlama öylaganda ham heç qaçon oqlab bölmaydi. Negaki, bunday ijtimoiy faollikni taşkil qilişning öziga xos tartibi, qoidasi bor. Birinçi navbatda xalqning, mamlakatning xavfsizligi barçamiz uçun ustuvor ahamiyat kasb etişi kerak. Davlat rahbarining Qoraqalpoğistonda jamoatçilik vakillari bilan uçraşuvdagi gapi meni juda ta’sirlantirdi, ya’ni tegişli rahbarlarga qoraqalpoq elini asraşni sörab, “Hayotimni tikkanman bu masalaga” dedilar. Bu gapning zamirida juda katta mazmun va mohiyat, azm-u şijoat yotibdi, desak, heç ham mubolağa bölmaydi.
Şu nuqtai nazardan ham Prezident farmoni bilan fuqarolar xavfsizligini ta’minlaş, ularning huquq va erkinliklarini himoya qiliş, qonuniylik va huquq-tartibotni tiklaş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etildi. Hozirgi vaziyatdan kelib çiqib, aholining, mamlakatning tinçligi va osoyiştaligini öylagan holda qabul qilingan zaruriy hamda haqli qaror böldi, desak, xato qilmagan bölamiz. Bunday tartibbuzarliklarni Belarus, Qozoğiston kabi davlatlar tajribasida ham kuzatgan edik. Öşanda ham önlab aholi mazkur jarayonlar qurboni bölgan edilar. Bu, albatta, uşbu jirkanç qabihliklarga qarşi kuraşişda xalqni, davlatni yanada jipslaştiradi, bitta maqsad sari yetaklaydi.
Davlat rahbari Qoraqalpoğistonda jamoatçilik vakillari bilan uçraşuvda, separatizmga, ommaviy tartibsizliklarga da’vat etadigan har qanday harakatlarga qonunçilikka muvofiq keskin çora körilişi, aybdorlar jazoga tortilişini aytib ötdilar. Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi mas’ul xodimining brifingda bergan ma’lumotiga köra, Qoraqalpoğistondagi voqealar paytida, eng açinarlisi oğir tan jarohatlari tufayli 18 nafar fuqaro vafot etgan.
Bir qança jinoyatçilar tomonidan sodir etilgan uşbu holat, albatta, jazoning muqarrarligi prinsipiga tayangan holda javobgarlikka tortilişi lozim. Qonunçiligimizga e’tibor beradigan bölsak, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodekslarida bunday xatti-harakatlar uçun javobgarlik aniq qilib belgilangan.







