Eron bilan kelişuv umidi

AQŞ prezidenti Donald Tramp Eronga qarşi harbiy zarbalarni qayta boşlaşdan oldin Tehron bilan kelişuvga erişiş mumkinligini aytdi.

Reuters'ning yozişiça, sönggi haftalarda Tramp oraliq saylovlardan keyin Eronga hujumlar qayta boşlanişiga işora qilib kelayotgandi. Biroq 2-noyabr Vaşingtonda jurnalistlar undan saylovdan keyin Eronga zarba berişni rejalaştiryaptimi, deb söradi. Tramp bunga «yöq» deb javob berdi.

Eron bilan uruş AQŞda benzin narxi oşişining asosiy sabablaridan biri bölib, bu saylovçilarga oğir taʼsir qilmoqda. Şu bois Tramp mojaroni tugatiş borasida bosim ostida qolgan.

Eron muzokaraçilari 1-noyabr kuni ketma-ket uçinçi kun Dohada qatarlik vositaçilar bilan uruşni tugatiş böyiça muzokara olib bordi. Tramp Eron kelişuvni istayotganiga işonişini va bunday kelişuvga erişiş mumkinligini aytdi. Vitse-prezident J.D. Vens ham eronliklar bilan bir neçta yaxşi suhbat bölganini maʼlum qildi.

Oq uy rahbari Eron yadro quroliga ega bölmasligi asosiy talab ekanini yana bir bor taʼkidladi. «Biz Eronning heç qaçon yadro quroliga ega bölişiga yöl qöymaymiz va ular buni tuşunişadi», dedi Tramp. Amerika yetakçisi, şuningdek, sönggi paytlarda janglar deyarli bölmaganini aytib, amaliyotni aslida uruş emas, deb daʼvo qildi.

Eron tomoni Trampning gaplariga izoh bermadi. Avvalroq ular, agar AQŞ harbiy amaliyotlarni qayta boşlasa, javob zarbalarining geografiyasi kengayişi va yanada halokatli bölişidan ogohlantirgandi.

Rossiyaning Zaporijjyaga hujumi

Rossiya 2-noyabr kuni Zaporijjya viloyatida humanitar yordam tarqatiladigan joyga aviabombalar bilan zarba berdi. Hujum oqibatida kamida 26 kişi öldirildi, 5 kişi jarohat oldi.

BBC’ning Ukraina rasmiylariga tayanib yozişiça, Komişuvaxa qişloğiga kamida 9 ta uç tonnalik aviabombalar taşlangan. Dastlab 27 kişi bedarak yöqolgani xabar qilingandi. Favqulodda xizmatlar maʼlumotiga köra, öldirilganlar orasida 2 nafar qutqaruvçi va 4 nafar politsiyaçi ham bor.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning sözlariga köra, avval humanitar maqsadlarda foydalaniladigan mahalliy maktabga zarba berilgan. Şundan söng odamlar yaşiringan joyga ikkinçi hujum uyuştirilgan. Zelenskiy qişloqda qolgan aholi har hafta şu yerda humanitar yordam olişini, rossiyaliklar buni bilmasligi mumkin emasligini aytdi.