Bungaça Ukrainaga asosan qölda olib yuriluvçi, Amerikaning Stinger yoki Britaniyaning Starstreak kabi mobil zenit-raketa tizimlari yetkazib berilardi. Faqat bir marta aprelda katta masofaga harakatlanuvçi S-300 havo hujumidan mudofaa tizimi yetkazib berilgan - Ukrainaga uni Slovakiya tomoni topşirgan.

Sönggi xabarlar orasida - Pentagonning Ukrainaga yangi NASAMS zenit-raketa majmualari yetkazib beriş töğrisidagi va’da ham bor, bunday tizim AQŞ va Norvegiya hamkorligida işlab çiqilgan. Ayni vaqtda gap ikki dona majmua yetkazib beriş haqida ketmoqda.

Defense News naşri AQŞ harbiy doiralaridagi manbasiga asoslangan holda xabar berişiça, zenit-raketa majmualari yetkazib beriş böyiça şartnoma yaqin vaqt içida kelişiladi - bir neça haftadan bir neça oyga qadar bölgan muddatda. Keyin esa ukrain mutaxassislari bu kompleksni özlaştirişi kerak böladi.

Bu ança yangi mobil zenit-raketa majmuasi bölib, uni 1989 yilda tayyorlay boşlaşgan, 1994 yildan işlab çiqariş yölga qöyilgan, barça sinovlar sikli 1990-yillar oxiriga kelib yakunlangan. 1999 yilda yaxşilangan varianti - NASAMS II zenit-raketa majmualari paydo bölgan.

Pentagon Ukrainaga ikkita zenit-raketa majmuasi yetkazib berilişini va’da qilgan. Foto: KONGSBERG

Ukrainaga aynan qaysi tizim yetkazib berilişi böyiça aniq ma’lumot yöq, ammo birinçi avloddagi zenit-raketa majmuasi AN/MPQ-64 Sentinel radarlaridan foydalanadi va aynan şunday qurilma 2022 yil mayida e’lon qilingan AQŞ jönatmalari röyxatida körsatilgan.

Nima bölganda ham bu ança kuçli zenit-raketa majmuasi bölib, 25 km uzoqlik va 16 km balandlikdagi nişonni yöq qilişga qodir. Bu majmua öz sinfiga köra Rossiya va Ukraina armiyasida mavjud bölgan «Buk-M1» majmuasiga mos keladi.

NASAMS’ning öziga xosligi şundaki, u AMRAAM AIM-120 aviatsiya raketalaridan foydalanadi. Bunday raketalarning xususiyatlarini, jumladan, uçiş masofasini yaxşilaydigan köplab turli modifikatsiyalari bor.

Mazkur aviatsiya raketalarining asosiy afzalliklaridan biri şundaki, bunday raketalardan 13 mingdan ortiği işlab çiqarilgan. Bu şiddatli keçayotgan harbiy mojaro şaroitida zenit-raketa majmualari uçun öq-dori iste’moli yuqori hisoblanadi, Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimi asosini esa sovetlar davrida işlab çiqarilgan majmualar taşkil etadi.

Ukrainaga Ğarbdan havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib beriş haqida birinçi bor va’da berişmayapti. Iyun oyi boşida Germaniya Ukrainaga örta masofaga harakatlanuvçi Iris-T SLM zenit-raketa majmualari yetkazib berişini ma’lum qilgandi. Ukrainaning Germaniyadagi elçisi (endilikda sobiq) «Ukrinform» naşriga bergan intervyusida Kiyev 10 ta uçiriş qurilmasi xarid qilmoqçiligini aytgandi.

Bunday zenit-raketa majmualari quruqlikdan uçiriş uçun modifikatsiya qilingan IRIS-T SL rusumli havo hujumiga qarşi aviatsiya raketalaridan foydalanadi. Raketa işlab çiqaruvçisi bölmiş Diehl Defence kompaniyasi saytida aytilişiça, Iris-T SLM raketalarini uçiriş bilan boğliq ilk sinovlar 2014 yilda ötkazilgandi.

Ukraina harbiylari olişi mumkin bölgan zenit-raketa majmualarining harakatlaniş masofasi - 40 kilometr, nişonni töxtatiş mumkin bölgan maksimal balandlik - 20 kilometrni taşkil etadi.

Ukrain harbiylari töqnaş kelişi mumkin bölgan asosiy muammolardan biri - Ğarbning bu ikkita majmuasini öz havo hujumidan mudofaa tizimiga qöşiş hisoblanadi.

Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimidagi qurollar eskirib qolgan. Foto: Getty Images

Rossiyalik harbiy  ekspert Aleksandr Xramçixin BBC uçun bergan intervyusida bunda jiddiy muammo körmayotganini aytadi: «Istak bölsa, barçasini birlaştiriş mumkin».

Boşqa ekspert - isroillik David Gendelman esa unga qöşilmaydi. «Mamlakat havo hujumidan mudofaa tizimiga integratsiya böliş masalasi juda ham muhim, çunki NASAMS boşqa vositalar bilan maksimal integratsiya uçun möljallangan, şunday holatda u yanada samarali böladi. Ammo ular agar Germaniya tomonidan va’da qilingan IRIS-T SLM bilan NATO standartlari böyiça taktik ma’lumotlar almaşinuvi tarmoği orqali birlaştirilsa, ukrainlarning sovetlar davriga mansub zenit-raketa majmualari bilan integratsiya böliş uçun qöşimça texnik yeçimlar talab etiladi», deya izohlaydi u.

Xorijning zenit-raketa majmualarini Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimiga integratsiya qiliş - juda muhim vazifa, çunki havo hujumidan mudofaa tizimi barça tarkibiy qismlar yagona tarmoqqa ulangan tizim sifatida samarali hisoblanadi.

Havo hujumidan mudofaa tizimi Ukraina uçun qançalik muhim?

Ukraina mojarosida havo hujumidan mudofaa muammosi Rossiya armiyasi uçun - eng jiddiy muammolardan biri.

Kiyev yaqinida urib tuşirilgan rossiyaliklar harbiy samolyoti parçasi. Foto: Getty Images

Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimi eng zamonaviy qurollar bilan qurollanmagan - nisbatan eng kuçlilari örta masofaga harakatlanuvçi S-300PS va S-300PT raketa majmualari bölib, ular 1980-yillarda qurilgan. Bundan taşqari, armiyada örta masofaga harakatlanuvçi Buk-M1, yaqin masofali Tor-M, S-125, turli taşib yuriluvçi va jang maydonida qöllanuvçi artilleriya tizimlari mavjud.

Ammo Ukrainada eşelonlarga bölingan havo hujumidan mudofaa tizimi taşkil etilgan. Bu şuni anglatadiki, bu majmualarning barçasi radarlar, qömondonlik va axborot markazlarini öz içiga oluvçi umumiy sxemaga kiritilgan.

Bunday eşelonlangan tizimdan ötiş qiyin, çunki turli masofalarga harakatlanuvçi zenit tizimlari bir-birini yopadi va turli balandlikdagi nişonlarga qarşi birgalikda harakatlanadi, turli radarlardan ma’lumotlar kelib tuşadi, qayta işlanadi va boşqaruv markaziga yuboriladi, u yerda nişonni yöq qiliş töğrisidagi qaror qabul qilinadi.

Uzoq va örta masofalarni qamrab oladigan tizimlardan ötişning yöllaridan biri - past balandlikda uçişdir, ammo bu holda yelkada olib yuriluvçi zenit-raketa majmualari va yaqin radiusdagi nişonlar uçun möljallangan majmualar katta xavf tuğdirişi mumkin.

Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimi naqadar samarali işlayotganini baholaş qiyin, çunki urib tuşirilgan nişonlar va xatoliklar töğrisida oçiq ma’lumotlar berilmaydi. Ukrain harbiylari arsenalida zenit qurilmalari uçun qança öq-dori qolgani ham noma’lum - 24 fevraldan buyon ular nafaqat aviatsiyaga qarşi turişiga, balki raketalar bilan kuraşişiga ham töğri kelmoqda.

Ammo taxmin qiliş mumkinki, ertami keçmi Ukrainada raketalar va zenit-raketa majmualari taqçilligi sezila boşlaydi, ular Rossiya aviatsiyasi va raketalari harakatidan ham, şunçaki buzilib ham safdan çiqişi mumkin.

Rossiya uçun muammo

Ukrainlarning havo hujumidan mudofaa tizimi rossiyaliklar aviatsiyasi imkoniyatlarini sezilarli darajada çeklaydi, oçiq manbalardagi ma’lumotlarga köra, rus samolyotlari qarama-qarşilik çiziğida taktik harakatlarni amalga oşirişda davom etmoqda, ammo ukrain qöşinlarining frontorti hududiga kirişga jur’at etmayapti.

Rossiya aviatsiya borasida katta ustunlikka ega, ammo havo hujumidan mudofaa tizimlari tufayli ulardan foydalaniş oson keçmayapti
Foto: AFP

Bunday vaziyat Rossiya aviatsiyasi Ukrainaning havo hujumidan mudofaa tizimini yakson eta olmagani oqibatidir.

Avvalroq BBC bilan intervyuda rossiyalik harbiy ekspert Ilya Kramnik bunga köp jihatdan Rossiya harbiy rejasida eşelonli havo hujumidan mudofaa tizimlarini bostiriş vazifalari körib çiqilmagani va Rossiya harbiy-kosmik kuçlari bunga tayyorlanmagani sabab bölganini aytib ötgandi.

«Rossiya birinçi navbatda NATO bloki namunasidagi raqibga qarşi uruşga tayyorlangan. NATO bloki esa alohida öçoqlarni hisobga olmaganda, quruqlikda eşelonli havo hujumidan mudofaa tizimiga ega emas va asosan havodagi kuçga tayanadi. NATOning asosiy havo hujumidan mudofaa tizimi - bu qiruvçilardir», degandi u.

«Rossiyaning havo hujumiga qarşi mudofaa tizimi va zarbdor samolyotlarga qarşi kuraşiş böyiça barça maşğulotlari  - NATO zarbdor aviatsiya orqali havo hujumidan mudofaa tizimini yorib ötişga urinişiga, Rossiya esa havo hujumidan mudofaa tizimlari orqali himoyalanişiga töğri kelişiga tayyorlaniş edi. Rossiya öz havo hujumidan mudofaa tizimiga ega bölgan raqib mudofaasini yorib ötiş uçun tayyorlanmagandi», deb hisoblaydi Kramnik.

Juda kam

Ğarbdan Ukrainaga qurollar yetkazib berilişi Rossiyaning 24 fevral kungi bosqinidan avvalroq boşlangan, ammo uruş boşlangaç, yetkazib beriş hajmi keskin oşgan.

Asosiy donor - ham qurol-yaroğ, ham moliyaviy yordam yetkazib berişda - AQŞ bölib qolmoqda. 24 fevraldan buyon Amerikaning Ukrainaga yordami hajmi 6,92 milliard dollardan oşgan. Agar 2021 yil boşidan hisoblansa, Qöşma Ştatlar Kiyevga xavfsizlik sohasida yordam beriş uçun 7,62 milliard dollardan oşiq sarmoya kiritgan.

AQŞning jönatmalari 1400 donadan ortiq Stinger zenit-raketa majmualari, 6500 dan ortiq Javelin tankka qarşi qurilmalar va 20 mingdan oşiq boşqa rusumdagi tankka qarşi qurollarni öz içiga oladi. Birgina AQŞning özidan Ukrainaga 126 dona M777 rusumli gaubitsa va bu qurollar uçun tört milliondan ortiq snaryadlar yetkazib berilgan.

Ammo bu jönatmalar Ukraina qurolli kuçlari Rossiya bilan soliştirganda ustunlikka ega bölişini ta’minlamadi.

Iyun oyi boşida, Ukrainaga gaubitsalarning katta partiyasi yetib kelgan va ulardan frontda faol foydalaniş boşlangan mahalda Independent gazetasi Rossiya armiyasining artilleriya borasidagi ustunligi 20 ga 1 ni taşkil etişi, otilayotgan snaryadlar soni esa 40 ga 1 nisbatda ekanini yozdi.

13 iyun kuni BBC uçun bergan intervyusida Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniy Rossiya Ukrainaga qaraganda 10 barobar köproq öt oçiş kuçiga ekanini aytdi.

Öşanda Ukraina prezidenti ofisi maslahatçisi Mixail Podolyak rossiyaliklar harakatini töxtatiş uçun Ukraina qurolli kuçlariga bir neça ming dona oğir qurollar kerakligini aytgandi: 155 mm kalibrli 1000 ta gaubitsa; 300 ta baravar öt oçiş reaktiv tizimlari; 500 tank; 2000 dona zirhli texnika; 1000 dron.

Közdan panalar

Mixail Podolyak bu raqamlarni keltirganidan keyingi muddatda Ukrainaga köplab harbiy yuklar keldi, ammo oçiq manbalardagi ma’lumotlarga qarab aytiş mumkinki, bu hali Mixail Podolyak aytgan raqamlarga umuman yaqin kelmaydi.

«Oçiq manbalar» haqidagi band rasmiyatçilik emas - Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa böyiça kengaş kotibi Aleksey Danilov 18 iyun kuni Liga.net naşriga bergan intervyusida, «juda köplab davlatlar özlari berayotgan harbiy qurollar haqidagi ma’lumotlarni oçiqlamaslikni söraşgani» haqida aytdi.

Harbiy ekspertlarning fikriça, Ukraina qurolli kuçlarini qurollantirişni maxfiy ravişda olib boriş - bugungi kunda juda qiyin iş. Ammo iloji bor.

«Harbiy harakatlardan oldinroq yetkazib berilişi boşlangan qurollar, ya’ni individual qurollar haqida gap ketsa, ularni istalgan miqdorda va butunlay yaşirin yetkazib beriş mumkin. Yirik texnikalarni esa yaşirinça yetkazib berib bölmaydi», degan BBC bilan suhbatda Aleksandr Xramçixin.

David Gendelman esa çindan ham «yetkazib berilayotgan qurollar barça jihatlari bilan batafsil oçiqlanmasligi», ammo hozirgaça frontda oldinroq matbuotda çiqqan xabarlarda tilga olinmagan qandaydir jiddiy qurol paydo bölmaganini aytadi. Şu bilan birga, u maxfiy yetkazmalar oqibatlarini kuzatiş qiyin bölgan sohalarda bölişi mumkinligini istisno etmaydi.

«Snaryadlarning muayyan turi va boşqa «arzimas narsalar» oldindan aytilmaydi, bu bölib turadi. Bunday holat qisman samolyotlar va yerusti texnikalari uçun ehtiyot qismlar, aloqa vositalari, radioelektron kuraş vositalari va umuman olganda, yangi turdagi qurollardan farqli ölaroq frontda közga taşlanmaydigan barça boşqa vositalar sohasida ham böladi», degan u.

Gendelmanning sözlariga köra, e’tiborni öziga tortmaydigan yordam turlari böladi, ammo ularning uruşdagi ahamiyati artilleriya tizimlari yoki tanklarnikidan kam bölmaydi.

«Maxfiy bölişi bilan birga jamoatçilik e’tiborini jalb qilmaydigan öq-dori va yonilği mahsulotlari kabi jönatmalar böladi: bir neça önta öziyurar gaubitsalarsiz ham jang qilib turiş mumkin bölsa, ulkan miqdorda öq-dorilar, birinçi navbatda artilleriya snaryadlari yetkazib berilmaganida, ularning zaxirasi allaqaçon tugagan bölardi», deydi ekspert.

Harbiy yordam hajmini aniqlaş köp hollarda imkonsiz iş. Masalan, köplab mamlakatlar moliyaviy yordam körsatmoqda yoki zirhli texnikalarni ta’mirlaş imkoniyatini yaratib bermoqda.

Şu bilan birga, Ukrainaga yangi qurollar yetkazib berilişi haqida deyarli har kuni yangi ma’lumotlar paydo bölib turadi.

Arsenaldan ajratilgan qurollar

Ukrainaga xorijiy harbiy yordam turli manbalardan kelib tuşmoqda. Birinçi navbatda, qurolli kuçlarning omborlaridan. Ya’ni biror davlat Kiyevga öz armiyasi omborlarida mavjud bölgan qurollarni bermoqda yoki sotmoqda.

Aleksandr Xramçixin bunday vaziyat ta’minotni sezilarli darajada çeklaşini aytadi: «Mening tuşunişimça, Ğarb şunçaki özi qurolsiz qolmasligi uçun katta miqdorda  [qurol] yetkazib bera olmaydi».

Ikkinçidan, donor-davlat Ukrainaga yuborgan qurollar örni uçinçi davlat tomonidan yetkazib beriladigan qurollar hisobiga qoplanişi mumkin.

Masalan, Polşa bilan şunday holat bölgan, uşbu davlat qöşnisiga sovetlar davriga mansub 240 dona T-72 rusumli eski tanklarni bergan. Buning evaziga ular Ğarbdan texnikalar kelişidan umid qilişgan, ammo hozirça Berlin bilan bu boradagi muzokaralar naf keltirmadi. Varşava lend-liz töğrisidagi qonun doirasida AQŞdan ham qançadir tank olişga umid qilmoqda.

Nihoyat, yana bir yöli bor - şunçaki qurol sotib oliş, yoki yangisi, yoki işlatilganlarini. Iyunda Kiyev Polşadan Krab rusumli öziyurar artilleriya qurilmalari xarid qildi, oldinroq 18 dona şu kabi texnikadan iborat partiyadan farqli ölaroq, bunisi töliğiça harbiy buyurtma böldi.

Ammo bunday tölaqonli şartnomalar bajarilişi, qoidaga köra, ma’lum vaqt talab etadi, çunki köp hollarda qurollarni zavodga buyurtma qiliş kerak böladi.

Lend-liz qanday yordam berişi mumkin?

Aleksey Danilovning sözlariga köra, Ukraina AQŞ prezidenti Jo Bayden 2022 yil 9 mayida imzolagan lend-liz töğrisidagi qonun qaçon kuçga kirişini kutmoqda.

«U yerda protsedura bor. Lend-liz hali boşlanmayapti [...] Bu iyul-avgust, balki, sentabrda bölişi mumkin. Bu yerda juda köp omillar bor. Dunyo u qadar katta emasligini tuşuniş kerak. Har kim öz mamlakatida nima borligini biladi. Qurol-yaroğ, ularni işlab çiqariş uçun uskunalar, öq-dorilar borligini», degandi u 18 iyun kungi intervyusida.

Lend-liz töğrisidagi qonunning özi qaysidir muayyan qurollarni yetkazib berişni belgilamaydi. Bu hujjat şunçaki AQŞda qurol sotib olişning ança murakkab tartibini maksimal darajada soddalaştiradi, bu esa qurollarni Ukraina yoki Şarqiy Yevropaning boşqa mamlakatlariga ijaraga berişga şaroit yaratadi.

Masalan, qonun bölmaganda ijaraga oluvçi qurolni beş yil içida AQŞga qaytarişi va har qanday şikastlaniş uçun zararni qoplab berişi talab etiladi. Lend-liz töğrisidagi qonun bu çeklovni bekor qiladi.

U şuningdek AQŞ prezidentini Kongressga hisobot beriş va Ukrainaga favqulodda şartlar asosida ijaraga berilişi mumkin bölgan qurollarni tanlaşda ruxsat oliş majburiyatidan xalos etadi.

Şu bilan birga, may oyi oxirida AQŞ Kongressi Ukrainaga qariyb 40 milliard dollar miqdoridagi misli körilmagan yordam paketini ma’qulladi. Bu mablağning katta qismi Ukraina armiyasini qurol-yaroğ bilan ta’minlaş uçun ajratiladi.

Şu tariqa Vaşington, bir tomondan, Kiyevga qurol yetkazib beriş tartibini soddalaştirdi, ikkinçi tomondan - bunday yordamni moliyaviy jihatdan mustahkamladi.

BBC bilan gaplaşgan harbiy ekspertlar esa lend-liz va moliyaviy qöllab-quvvatlov mojarodagi vaziyatni jiddiy darajada özgartirişi mumkinligiga şubha bilan qaraşgan.

Aleksandr Xramçixinning sözlariga köra, zavodlardan qurol yetkazib beriş masalasi Ğarb mudofaa sanoati bunday yirik kölamli mojaro uçun qurol işlab çiqariş salohiyatiga ega emasligi tufayli murakkablaşişi mumkin.

«Yangi qurollar juda qimmat va işlab çiqarilişi murakkab jarayon. Hozirça men Ğarb tom ma’noda uruşga zavodlardan qurol yetkazib beriş uçun harakat qila boşlaganining heç qanday alomatini körmayapman», degan u.

David Gendelmanning sözlariga köra esa, qurollar yetkazib beriş har qanday holatda ham siyosatçilar irodasiga boğliq: «Bu Oq uyning siyosiy qarorlariga boğliq. Aslida, kelajakda sanoat orqali töldirişni hisobga olgan holda hozirgaça berilganidan köproq beriş mumkin edi, ammo barçasi aynan siyosiy qarorga boğliq».

Lend-liz işlay boşlagaç, Ukrainaga qanday hajmda va qaysi qurollar yetkazib berilişi haqida hozirça heç bir ekspert aniq ayta olmaydi, ammo hozirda Kiyev önlab, hatto yuzlab qurollar sörayotgan vaqtda yetkazib berilayotgan qurollar partiyasi köp hollarda bir neça donadan oşmayapti.

HIMARS baravar öt oçiş reaktiv tizimlari bilan ham şunday böldi, hozirça Ukrainaga bunday quroldan faqat törttasi yetkazib berilgan. Ularni Ukrainaga jönatar ekan, Pentagondagilar bu faqat dastlabki partiya ekani, ulardan qurollarni örganiş uçun foydalanilişini bildirdi. NASAMS tizimlari yuboriş töğrisidagi press-relizda esa bunday band yöq. Şu bilan birga, kelgusida bunday qurollardan yanada köproq yetkazib berilişi töğrisidagi va’da ham.