17 iyul, yakşanba kuni Italiya böylab aeroportlarda 200 dan ortiq reyslar bekor qilindi. Bu, asosan, içki reyslarga ta’sir qildi. Biroq, samolyotlar Milandan Frankfurt-Mayn va Berlinga, Rim aeroportlaridan esa Parij, Amsterdam, London va Tsyurixga uçmadi.

Parvozlarning bekor qilinişiga Italiyaning bir qança kasaba uyuşmalari tomonidan taşkil etilgan tört soatlik ogohlantiruvçi iş taşlaş sabab böldi. Ular iş ENAV fuqaro aviatsiyasi milliy organi, şuningdek, Ryanair, EasyJet va Volotea tomonidan töxtatilgani haqida xabar berişdi.

ENAV ma’lumotlariga köra, iş taşlaş mahalliy vaqt bilan soat 14:00 dan soat 18:00 gaça bölib ötdi. Uning ötkazilişiga aviakompaniyalar va kasaba uyuşmalari örtasidagi fuqaro aviatsiyasi sohasida işçilar huquqlari, mehnat şaroitlari va eng kam iş haqini tölaş borasidagi ziddiyat sabab bölgan.