Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 17 iyul kuni Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) rahbari Ivan Bakanov va boş prokuror Irina Venediktovani işdan çetlatiş töğrisidagi farmonlarini imzoladi.
Zelenskiyning Bakanovni işdan çetlatiş töğrisidagi farmonida bunga Ukraina qurolli kuçlari Tartib intizomi töğrisidagi nizomning 47-moddasi asos bölgani keltiriladi.
Bu moddada xizmat vazifasini munosib bajarmagani uçun odam ölimi va boşqa oğir oqibatlar keltirib çiqargan harbiy öz vazifasidan ozod etilişi aytilgan.
Boş prokuratura rahbariga nisbatan qaror, xususan, Ukrainaning «Harbiy holatning huquqiy rejimi töğrisida»gi qonuni 11-moddasi ikkinçi qismiga muvofiq qabul qilingan. Venediktovaning örniga boş prokuror vazifalarini uning örinbosari Aleksey Simonenko bajarib turadi.
Zelenskiy Bakanovni lavozimidan çetlatiş töğrisidagi farmonni imzolagan kuni Davlat tergov byurosi UXXning oblast boşqarmalaridan birining rahbari qölga olingani ma’lum böldi. U davlatga xiyonat qilişda va Rossiya foydasiga işlaşda gumonlanmoqda.
VVS News Ukraina ma’lumotiga köra, gap Oleg Kuliniç haqida ketmoqda, u şu yil martiga qadar UXXning Qrim avtonom respublikasi böyiça boşqarmasini boşqargan, yarimorol Rossiya tomonidan annexia qilingaç, boşqarma Xersondan turib işlab kelgan.

Volodimir Zelenskiy keçqurungi murojaatida Bakanov va Venediktovani lavozimdan çetlaştiriş töğrisidagi qarorlarini huquqni muhofaza qiliş organlari organ xodimlarining davlatga xiyonat va duşman tomon bilan hamkorlik qilişi holatlari böyiça juda köplab işlarni tekşirayotgani bilan izohlagan.
U UXXning Qrim böyiça boşqarmasi rahbari işi haqida gapirgan.
«Bugunga kelib mamlakatda davlatga xiyonat qiliş va prokuratura, dastlabki tergov va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining xoinona faoliyati yuzasidan 651 ta jinoiy iş qözğatilgan. Körilgan 198 ta jinoyat işi böyiça tegişli şaxslarga nisbatan ayblovlar qöyildi.
Xususan, prokuratura va UXXning 60 dan ortiq xodimi bosib olingan hududlarda qolib, davlatimizga qarşi işlamoqda. Ukraina huquq-tartibot idoralari va Rossiya maxsus xizmatlari xodimlari örtasidagi özaro munosabatlar doirasida qayd etilgan Ukraina milliy xavfsizligi asoslariga qarşi jinoyatlarning bunday töplami bizni tegişli rahbarlarga juda jiddiy savollar» berişga majbur qilmoqda. Uşbu savollarning har biriga tegişli javob olinadi», dedi Zelenskiy.
Bakanov — prezidentning dösti va UXX boşliği
Bakanov Ukraina xavfsizlik xizmati rahbarligiga 2019 yil avgustida, Zelenskiy va uning «Xalq xizmatçisi» partiyasi hokimiyatga kelganida tayinlangandi.

U Zelenskiyning bolalikdagi dösti hisoblanadi, ular «Kvartal 95» studiyasida birgalikda işlaşgan.
Saylovoldi kampaniyasi davrida Bakanov Zelenskiyning ştabini boşqargan, u «Xalq xizmatçisi» partiyasiga ham rahbarlik qilgandi. Bakanov yuridik tahsil olgan. Uning rafiqasi Oksanada Rossiya fuqaroligi bölgan.
Iyun oyida Amerikadagi Politico naşri Bakanov lavozimini yöqotişi mumkinligini yozgandi. Naşr manbalari Zelenskiy Ukraina xavfsizlik xizmati rahbarini frontdagi muvaffaqiyatsizliklar va Xersonning boy berilişi tufayli işdan olmoqçiligini aytgandi. Ammo 27 iyun kuni prezident bu xabarga quyidagiça munosabat bildirdi: «Agar uni [Bakanovni] işdan böşatişni istaganimda, allaqaçon böşatgan bölardim».
Aprel oyida Zelenskiy «UXX xodimlari orasidagi xoinlar» muammosi haqida gapirgandi. Öşanda u idoradagi bir qança rahbarlarni unvonlaridan mahrum qilgandi.
«Hozir menda barça xoinlar bilan şuğullaniş uçun vaqt yöq. Ammo asta-sekin ular öz jazolarini olişadi. Şuning uçun UXX içki xavfsizlik boş boşqarmasi sobiq boşliği Naumov Ondriy Olegoviç va UXXning Xerson oblasti böyiça boşqarmasi sobiq boşliği Krivoruçko Sergey Oleksandroviç endi generallar emas», degandi öşanda prezident.
Bosqin boşlangan mahalda Naumov Ukrainadan qoçib ketgan, uni Serbiyada qölga olişgan.
Xerson oblasti kengaşi rahbari Oleksandr Samoylenko Ukrainaning «Ukrinform» agentligiga bergan intervyusida UXXning Xerson böyiça boşqarmasi boşliği yordamçisi Rossiyaga minalangan maydonlar xaritasini bergani va Rossiya aviatsiyasining oblastdagi harakatlarini muvofiqlaştirgani haqida aytgandi.
Şu tufayli köplab kuzatuvçilar bu lavozimga tayinlanguniga qadar huquq-tartibot organlarida işlaş tajribasiga ega bölmagan Bakanov notöğri kadrlar siyosati yuritgan bölişi mumkinligini ta’kidlaşmoqda.
Venediktova — Zelenskiyning safdoşi va Ukraina boş prokuraturasi rahbarligidagi ilk rahbar ayol
Irina Venediktova Ukraina Boş prokuraturasi rahbarligiga 2020 yil martida tayinlangandi. Unga qadar «Xalq xizmatçisi» partiyasidan parlament a’zosi bölgan va vaqtinça Davlat tergov byurosini boşqargan.

Asli xarkivlik bölgan Venediktova prezidentlik kampaniyasigaça ham Zelenskiyning safdoşi bölgan va keyin uning maslahatçisiga aylangan.
U Davlat tergov byurosi rahbari v.b bölganida bir neça mojarolar bilan yodda qolgan, xususan konkurs asosida Oleksandr Babikovni öz örinbosari etib tayinlagan - u esa sobiq prezident Viktor Yanukoviçning sobiq advokati edi.
Venediktova boş prokuraturaga rahbarlik qilgan davrda, mamlakatning beşinçi prezidenti Petro Poroşenkoga qarşi davlatga xiyonat böyiça ayblovlar ilgari surildi. U yaqinda bu iş böyiça tergov hatto uruş vaqti ham davom etayotganini aytgandi.
Ammo Venediktova Poroşenkoga qarşi gumonni şaxsan imzolamagan, buni uning örinbosari Oleksey Simonenko qilgan (endi uni Zelenskiy boş prokuror v.b etib tayinladi).
Venediktova RF armiyasining Ukrainada sodir etgan harbiy jinoyatlarini tekşiriş böyiça xalqaro koalitsiya tuzilişini anons qilgan va doimiy ravişda rossiyalik harbiylarni vahşiyliklarda ayblab kelgan. Prokurorlar Ukrainada 22 ming harbiy jinoyatni röyxatga olgan va 127 nafar gumonlanuvçini aniqlagan.
Irina Venediktova aprel oyida DW naşriga bergan intervyusida Ukraina Rossiya Federatsiyasining ehtimoliy harbiy jinoyatlari böyiça 8000 dan ortiq iş oçganini ta’kidlagandi. «Xalqaro jinoiy sud bilan hamkorlik qilmoqdamiz. Joint Investigation Team doirasida hamkorlik qilmoqdamiz - bu Yevroyust platformasi asosidagi qöşma tergov guruhi. Bu qöşma tergov guruhi işi uçun Yevroyust imkoniyatlaridan foydalanişimiz mumkin», deb tuşuntirgan Venediktova. Bundan taşqari, 14 davlat hozirda Ukrainada sodir bölayotgan tajovuz böyiça öz tergovlarini boşlagani qöşimça qilingandi.
Okkupatsiyadan işğol etilgan hududlarda xalqaro prokurorlar işlay boşlagan. Haagada ham RFni Ukrainadagi harbiy jinoyatlar uçun javobgarlikka tortiş böyiça konferensiya ötkazilgan, uning yakunida 45 mamlakat Ukrainaga tergovda yordam körsatiş haqidagi deklaratsiyani imzolagan hamda buning uçun pul ajratişga qaror qilgandi.
Ukrainada warcrimes.gov.ua internet-platformasi işga tuşirilgan, rossiyalik harbiylarning jinoyatlariga guvoh bölganlar u yerga öz körsatmalarini yuborişi mumkin. Şu vaqtgaça 60 mingdan ortiq fotosuratlar va videoroliklar jönatilgan.













